يُسَبِّحُ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ٱلْمَلِكِ ٱلْقُدُّوسِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَكِيمِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Malik, Quddus, Aziyz va Hakiym bo`lgan Allohga tasbih aytadir.Осмонлару ердаги барча нарсалар Малик, Қуддус, Азийз ва Ҳакийм бўлган Аллоҳга тасбиҳ айтадир.Alauddin Mansour: Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa (yolgʻiz) podshoh, (barcha ayb-nuqsondan) pok, qudrat va hikmat sohibi boʻlmish Allohga tasbeh aytur.Осмонлардаги ва Ердаги бор нарса (ёлғиз) подшоҳ, (барча айб-нуқсондан) пок, қудрат ва ҳикмат соҳиби бўлмиш Аллоҳга тасбеҳ айтур.
Allohga barcha narsalar qandoq tasbih aytishi «Soff» surasida sharh qilindi. Farqi shundaki, ushbu suraning birinchi oyati oxirida Alloh taoloning sifatlari kelgan. Bu usul Qurʼonga xos boʻlib, koʻplab hikmatlari bordir. Jumladan, suraning keyingi oyatlarida Alloh taoloning birinchi oyatda zikr qilingan sifatlariga mos ishlar keladi. Soʻngra Alloh taolo insoniyatga ularni kufr zalolatidan qutqarish uchun Muhammad alayhissalomni Paygʻambar etib yuborganini eslatadi.