QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jumu'ah surasi · Oyatсураси · Оят2

هُوَ ٱلَّذِى بَعَثَ فِى ٱلْأُمِّيِّـۧنَ رَسُولًا مِّنْهُمْ يَتْلُوا۟ عَلَيْهِمْ ءَايَـٰتِهِۦ وَيُزَكِّيهِمْ وَيُعَلِّمُهُمُ ٱلْكِتَـٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَإِن كَانُوا۟ مِن قَبْلُ لَفِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot savodsizlar ichidan, garchi ular bundan avval ochiq zalolatda bo`lsalar ham, ularga oyatlarini o`qib beradigan va ularni poklaydigan hamda kitobni va hikmatni o`rgatadigan Payg`ambarni yubordi.У зот саводсизлар ичидан, гарчи улар бундан аввал очиқ залолатда бўлсалар ҳам, уларга оятларини ўқиб берадиган ва уларни поклайдиган ҳамда китобни ва ҳикматни ўргатадиган Пайғамбарни юборди.Alauddin Mansour: U (Alloh) omiylar (yaʼni, ahli kitob boʻlmagan ilmsiz kishilar) orasiga oʻzlarida boʻlgan, ularga (Qurʼon) oyatlarini tilovat qiladigan, ularni (shirk va jaholatdan) poklaydigan hamda ularga Kitob — Qurʼon va Hikmat — Hadisni oʻrgatadigan bir paygʻambarni (yaʼni, Muhammad alayhis-salotu vas-salomni) yuborgan Zotdir. Shak-shubhasiz, ular (oʻzlariga paygʻambar kelishdan) ilgari ochiq zalolatda edilar.У (Аллоҳ) омийлар (яъни, аҳли китоб бўлмаган илмсиз кишилар) орасига ўзларида бўлган, уларга (Қуръон) оятларини тиловат қиладиган, уларни (ширк ва жаҳолатдан) поклайдиган ҳамда уларга Китоб — Қуръон ва Ҳикмат — Ҳадисни ўргатадиган бир пайғамбарни (яъни, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломни) юборган Зотдир. Шак-шубҳасиз, улар (ўзларига пайғамбар келишдан) илгари очиқ залолатда эдилар.

553-sahifa · 28-juz · 56-hizb553-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُوَU zotУ зотٱلَّذِىoʻsha zotdirkiўша зотдиркиبَعَثَyubordiюбордиفِىichidanичиданٱلْأُمِّيِّـۧنَsavodsizlar (ummiylar)саводсизлар (уммийлар)رَسُولًۭاPaygʻambarniПайғамбарниمِّنْهُمْularning oʻzlaridanуларнинг ўзлариданيَتْلُوا۟oʻqib beradiganўқиб берадиганعَلَيْهِمْulargaуларгаءَايَـٰتِهِۦoyatlariniоятлариниوَيُزَكِّيهِمْva ularni poklaydiganва уларни поклайдиганوَيُعَلِّمُهُمُva ularga oʻrgatadiganва уларга ўргатадиганٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниوَٱلْحِكْمَةَva hikmatniва ҳикматниوَإِنgarchiгарчиكَانُوا۟ular boʻlsalar hamулар бўлсалар ҳамمِن-dan-данقَبْلُbundan avvalбундан аввалلَفِىalbatta, -daалбатта, -даضَلَـٰلٍۢzalolatзалолатمُّبِينٍۢochiqочиқ
TafsirТафсир

Biz «Savodsiz» deb tarjima qilgan maʼno arab tilida «ummiy» deyilib, bu soʻz oʻqish-yozishni bilmaydigan shaxsga nisbatan ishlatiladi. «Umm» ona degani. Yaʼni, onadan tugʻilgandek, oʻqish- yozishni oʻrganmay yurgan, degan maʼnoni tushunish kerak. Oʻsha davr arablari «ummiy qavm» deyilgan, chunki ularning ichlarida oʻqish- yozishni biladiganlari juda oz boʻlgan. Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom ham oʻqish-yozishni mutlaqo oʻrganmaganlar. Albatta, Alloh taoloning ulkan hikmati tufayli shunday boʻlgan. Nega hikmat deyapmiz? Chunki savodsiz jamiyatda ummiy boʻlib oʻsgan, umrida hech narsa oʻqimagan-yozmagan, oʻzga dinlar, shariat va madaniyatlardan bexabar holda voyaga yetgan, Paygʻambar boʻlganlaridan keyin ham oʻqish-yozishni oʻrganmagan bir odam qirq yoshga toʻlganlarida Allohning irodasi bilan xalqlarni dunyoda eng mukammal din boʻlmish Islomga daʼvat qila boshladilar. U kishiga Qurʼoni Karim oyatlari tushib, oʻtgan ishlar, kelajak voqealar, axloq va odob qoidalari, ibodatlar, siyosat, iqtisod va inson hayotining barcha taraflarini oʻz ichiga qamragan, unga ikki dunyo saodatining kafolatini beradigan hukmlar bayoni keldi. Orada zamonlar oʻtishi va ilm-fan rivojlanishi bilan Qurʼon moʻʼjizalari tasdiqlanib bormoqda. Sahroda oʻsgan, oʻqish-yozishni oʻrganmagan odamdan barcha zamonlarning eng haq taʼlimoti oʻzidan-oʻzi chiqmasligini, faqat olamlar Parvardigorigina Oʻz qudrati, ilmi va hikmati bilan bu ishga qodir ekanini tushunish qiyin emas. Bunga doʻst ham, dushman ham tan bermasdan iloji yoʻq.

Endi bevosita oyati karimaning sharhiga oʻtaylik.

«U zot savodsizlar ichidan, garchi ular bundan avval ochiq zalolatda boʻlsalar ham», Paygʻambar yubordi.

Alloh taolo arablarga oʻzlarining ichidan chiqqan va oʻzlariga oʻxshash ummiy kishini elchi qilib yuborganini minnat qilmoqda. Bu elchi–Muhammad alayhissalomdirlar. Bu elchining vazifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

Oʻsha ummiy Paygʻambar arablarga

«...ularga oyatlarini oʻqib beradigan...»

Yaʼni, Paygʻambar alayhissalom oʻzlariga Alloh taolo tomonidan tushayotgan Qurʼoni Karim oyatlarini ummiy qavmlarga yetkazadilar;

«...va ularni poklaydigan...»

Yaʼni, Oʻsha Paygʻambar ularni kufr va gunohlar botqogʻidan poklaydi. Ularning qalblarini, ruhlarini, vijdonlarini, muomalalarini, xullas, barcha-barcha taraflarini poklaydi;

«...hamda kitobni va hikmatni oʻrgatadigan Paygʻambarni yubordi.»

«Kitob»dan murod Qurʼoni Karimdir, yaʼni, Oʻsha Paygʻambar ularga Qurʼon taʼlimotlarini, undagi amrlarni, qaytariqlarni va ahkomlarni oʻrgatadi.

«Hikmat»dan murod esa, Paygʻambarimizning sunnatlaridir. «Sunnat» Paygʻambar alayhissalomning soʻzlari, qilgan ishlari va oʻzgalar tomonidan aytilgan soʻz yoki qilingan ishni maʼqullaganliklaridan iboratdir. Sunnat musulmonlar uchun Qurʼondan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Dinimizning koʻpgina ahkomlari, hayotimizdagi zarur taʼlimotlar Paygʻambar alayhissalomning sunnatlari, hadislaridan olingandir.

«...garchi ular bundan avval ochiq zalolatda boʻlsalar ham...» degani, Islomdan oldin dunyo xalqlari qattiq adashishda ekanligiga, ular jaholat botqogʻida quloqlarigacha botib yotganligiga ishoratdir.

Jumladan, arablarda ham boshqalar qatori insonga or-nomus boʻladigan, uning shaʼniga dogʻ tushiradigan turli urf-odatlar bor edi. Bu holatni yaxshiroq tushunish uchun sahobiy Jaʼfar ibn Abu Tolibning Habashiston podshosi Najoshiy huzurida mazkur holatni va Islomning fazilatini bayon qilib soʻzlagan soʻzini eslab oʻtsak yaxshi boʻladi:

«Ey podshoh, biz butu sanamlarga ibodat qiluvchi johil bir qavm edik. Oʻlimtiklarni yer edik. Kuchlilarimiz zaiflarimizni yer edi, fohisha ishlarning barchasini qilardik, qarindoshlik aloqalarini uzardik, qoʻshnilarimizga yomon muomala qilardik. Bizga Alloh taolo oʻzimizdan chiqqan Paygʻambar yuborguncha shu holatda davom etdik. Uning nasabini, rostgoʻyligini, omonatga xiyonat qilmasligini, pokligini yaxshi bilardik.

Paygʻambar bizni yagona Allohga eʼtiqod va ibodat qilishga chaqirdi, oʻzimiz va ota-bobolarimiz ibodat qilib yurgan toshlar va butlarni tark etishga daʼvat etdi. U bizlarni rostgoʻy boʻlishga, omonatga xiyonat qilmaslikka, qarindoshlik va qoʻshnilik aloqalarini yaxshilashga, harom ishlardan va qon toʻkishdan qaytishga buyurdi. Shu bilan birga, fahsh ishlardan, yolgʻon gapirishdan, yetimlarning molini yeyishdan, pok kishilarni zinoda ayblashdan qaytardi. U bizlarni Allohga shirk keltirmaslikka, namoz oʻqishga, zakot berishga, roʻza tutishga va hokazo Islom taʼlimotlarini bajarishga buyurdi. Biz uning soʻzlarini tasdiqlab, unga iymon keltirdik, u olib kelgan taʼlimotga ergashdik, yagona Allohning Oʻziga ibodat qildik, Unga shirk keltirmadik, nimani harom deb aytsa, harom deb bildik, halol deb aytsa, halol deb bildik. Oʻz qavmimiz bizga dushmanlik qildilar, bizni azobladilar, dinimizdan qaytarib yana butlarga ibodat qildirmoqchi boʻldilar, iflos, jirkanch narsalarni yana halol deyishga majbur qildilar, bizga zulm oʻtkazdilar, qahr koʻrsatdilar, dinimizdan qaytarmoqchi boʻlgan edilar, sening yurtingga hijrat qilib keldik...»

Sahobiy Jaʼfar soʻngra «Maryam» surasining avvalidan tilovat qildi. Najoshiy taʼsirlanib, koʻziga yosh oldi. Musulmonlarni quraysh qabilasiga berishdan bosh tortdi. Keyinchalik oʻzi ham musulmon boʻldi. Uning yurtiga hijrat qilgan musulmon ayollardan biriga Paygʻambar alayhissalom uylanmoqchi boʻlganlarida, u zotning nomlaridan sovchi boʻldi va kelinga katta sovgʻalar berdi. Najoshiy vafot etganda, Alloh uning oʻlimi xabarini gʻoyibdan Paygʻambar alayhissalomga bildirdi. U kishi masjiddan chiqib turib sahobalarga «bugun Allohning solih bandalaridan biri vafot etdi», dedilar va gʻoyib janoza oʻqidilar.

Yuqoridagi oyatda Paygʻambar arablarga yuborilganligi zikr qilinganligidan, Islom arablar uchun xos din ekan, degan fikr kelmasligi kerak, chunki kelasi oyatda arabmas xalqlarning musulmonlikka kirishi haqida ochiq-oydin bayon keladi.