QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jumu'ah surasi · Oyatсураси · Оят3

وَءَاخَرِينَ مِنْهُمْ لَمَّا يَلْحَقُوا۟ بِهِمْ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va hozircha ularga qo`shilmagan boshqalarga ham. Va U zot g`olib va hikmat egasidir.Ва ҳозирча уларга қўшилмаган бошқаларга ҳам. Ва У зот ғолиб ва ҳикмат эгасидир.Alauddin Mansour: (Alloh bu paygʻambarni) yana ulardan boshqalarga — ularga yeta olmagan (endi dunyoga keladigan barcha insonlarga ham yuborgandir). U qudrat va hikmat Sohibidir.(Аллоҳ бу пайғамбарни) яна улардан бошқаларга — уларга ета олмаган (энди дунёга келадиган барча инсонларга ҳам юборгандир). У қудрат ва ҳикмат Соҳибидир.

553-sahifa · 28-juz · 56-hizb553-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَءَاخَرِينَva boshqalarga hamва бошқаларга ҳамمِنْهُمْulardanуларданلَمَّاhozircha emasҳозирча эмасيَلْحَقُوا۟ularga qoʻshilganlarуларга қўшилганларبِهِمْ ۚulargaуларгаوَهُوَva U zotва У зотٱلْعَزِيزُgʻolibғолибٱلْحَكِيمُhikmat egasidirҳикмат эгасидир
TafsirТафсир

«Boshqalarga» deganda arablardan boshqalar nazarda tutilyapti. Oyat nozil boʻlgan paytda boshqa xalqlar hali Paygʻambar ummati safiga qoʻshilmagan, chunki ularga Islom daʼvati yetib bormagan edi. Ular kelajakda qoʻshilishadi, deb bashorat qilinmoqda. Bu oyati karima ham Qurʼonning ulkan moʻʼjilaridan biridir. Bu gʻoyibning xabaridir. Arablardan boshqa xalqlarning Islomga kirishini oʻsha paytda Alloh taolodan oʻzga hech kim bilmasdi.

Imom Buxoriy oʻz kitoblarida rivoyat qilgan hadisda ulkan sahobiy Abu Hurayra bundoq deydilar, «Paygʻambar alayhissalomning huzurlarida oʻtirgan edik, «Jumuʼa» surasi nozil boʻldi. U surada: «Va hozircha ularga qoʻshilmagan boshqalarga ham», jumlasi bor edi. Men: «Ular kim, yo Rasululloh?» deb uch marta soʻradim. Ichimizda Salmoni Forsiy ham bor edi. Rasululloh alayhissalom qoʻllarini Salmoni Forsiyning yelkalariga qoʻydilar va: «Agar iymon Surayyoda (surayyo yulduzida) boʻlsa ham, mana bulardan boʻlgan kishilar unga yetadilar», dedilar».

Oʻsha paytda Osiyo xalqlaridan faqat hazrati Salmoni Forsiygina Islomga kelgan edilar. Bu oyati karimaning va Paygʻambar alayhissalomning bashoratlari yuzaga chiqdi. Dunyo xalqlari tezda Islomni qabul qildilar va unga ulkan xizmatlarni qildilar. Koʻpgina ilmlarda va ishlarda arablardan ham oʻzib ketdilar.