ذَٰلِكَ فَضْلُ ٱللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu narsa Allohning fazlidir (va uni) xohlagan kishisiga beradir. Alloh ulug` fazl egasidir.Бу нарса Аллоҳнинг фазлидир (ва уни) хоҳлаган кишисига берадир. Аллоҳ улуғ фазл эгасидир.Alauddin Mansour: Bu (yaʼni, barcha insoniyatga paygʻambar boʻlish) Allohning fazlu marhamati boʻlib, Oʻzi xohlagan kishilarga berur. Alloh ulugʻ fazlu marhamat Sohibidir.Бу (яъни, барча инсониятга пайғамбар бўлиш) Аллоҳнинг фазлу марҳамати бўлиб, Ўзи хоҳлаган кишиларга берур. Аллоҳ улуғ фазлу марҳамат Соҳибидир.
Ushbu oyati karimadagi «Bu narsa»dan murod ikki xil boʻlishi mumkin:
Birinchisi–Paygʻambarlik.
Unda oyatning maʼnosi: Paygʻambarlik Allohning fazlidir, uni xohlagan kishisiga beradi, degan boʻladi.
Ikkinchisi–Islomga hidoyat qilish.
Unda oyatning maʼnosi: Islomga hidoyat qilish Allohning fazlidir, uni xohlagan kishisiga beradi, degan boʻladi.
Alloh taolo Paygʻambarlik dinga hidoyat qilish ekanini, Qurʼon va hikmat oʻzining ulugʻ fazli ekanligini bayon qilib boʻlgandan soʻng, bu ulkan neʼmatlarning qadriga yetish zarurligini, uni unutish va undan foydalanmaslik katta gunoh hamda badbaxtlik ekanligini uqtirish uchun yahudiylarni misol qilib keltiradi: