QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jumu'ah surasi · Oyatсураси · Оят5

مَثَلُ ٱلَّذِينَ حُمِّلُوا۟ ٱلتَّوْرَىٰةَ ثُمَّ لَمْ يَحْمِلُوهَا كَمَثَلِ ٱلْحِمَارِ يَحْمِلُ أَسْفَارًۢا ۚ بِئْسَ مَثَلُ ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ ۚ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ustlariga Tavrot yuklatilgan, so`ngra uni ko`tarmaganlar misoli ustiga kitob yuklangan eshakka o`xsharlar. Allohning oyatlarini yolg`onga chiqargan qavmning misoli qandoq ham yomon. Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.Устларига Таврот юклатилган, сўнгра уни кўтармаганлар мисоли устига китоб юкланган эшакка ўхшарлар. Аллоҳнинг оятларини ёлғонга чиқарган қавмнинг мисоли қандоқ ҳам ёмон. Аллоҳ золим қавмларни ҳидоят қилмас.Alauddin Mansour: Tavrot yuklangan — berilgan, soʻngra uni koʻtara olmagan (yaʼni, uning koʻrsatmalariga amal qilmagan) kimsalar (yahudiylar)ning misoli xuddi kitoblarni koʻtarib ketayotgan eshakka oʻxshaydi (yaʼni, uning vazminligidan charchab-toladilaru, ammo u Kitobning ichidagi narsalardan foydalanmaydilar). Allohning oyatlarini yolgʻon degan qavmning misoli naqadar yomondir. Alloh bunday zolim qavmni hidoyat qilmas!Таврот юкланган — берилган, сўнгра уни кўтара олмаган (яъни, унинг кўрсатмаларига амал қилмаган) кимсалар (яҳудийлар)нинг мисоли худди китобларни кўтариб кетаётган эшакка ўхшайди (яъни, унинг вазминлигидан чарчаб-толадилару, аммо у Китобнинг ичидаги нарсалардан фойдаланмайдилар). Аллоҳнинг оятларини ёлғон деган қавмнинг мисоли нақадар ёмондир. Аллоҳ бундай золим қавмни ҳидоят қилмас!

553-sahifa · 28-juz · 56-hizb553-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَثَلُmisoliмисолиٱلَّذِينَoʻshalarningўшаларнингحُمِّلُوا۟ustlariga yuklatilganустларига юклатилганٱلتَّوْرَىٰةَTavrotniТавротниثُمَّsoʻngraсўнграلَمْemasэмасيَحْمِلُوهَاuni koʻtardilarуни кўтардиларكَمَثَلِmisolidekмисолидекٱلْحِمَارِeshakэшакيَحْمِلُkoʻtarganкўтарганأَسْفَارًۢا ۚkitoblarniкитобларниبِئْسَqandoq ham yomonқандоқ ҳам ёмонمَثَلُmisoliмисолиٱلْقَوْمِqavmningқавмнингٱلَّذِينَoʻshakiўшакиكَذَّبُوا۟yolgʻonga chiqarganёлғонга чиқарганبِـَٔايَـٰتِoyatlariniоятлариниٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳلَاemasэмасيَهْدِىhidoyat qiladiҳидоят қиладиٱلْقَوْمَqavmniқавмниٱلظَّـٰلِمِينَzolimзолим
TafsirТафсир

Bu oyati karimadagi «Ustlariga Tavrot yuklatilgan»lar–yahudiylar. Alloh taolo ularga Muso alayhissalomni Paygʻambar qilib yuborib, toʻgʻri yoʻlni koʻrsatish uchun Tavrotni tushirgan edi. Lekin ular bu ilohiy kitobga amal qilmadilar. Undagi ilohiy koʻrsatmalardan foydalanmadilar. Bu katta badbaxtlikdir. Shuning uchun ham, Alloh taolo ularni ustiga kitob ortilgan eshakka oʻxshatmoqda.

«Ustlariga Tavrot yuklatilgan, soʻngra uni koʻtarmaganlar, misoli ustiga kitob yuklangan eshakka oʻxsharlar.»

Eshak ustidagi kitobni koʻtarib charchasa charchaydi, ammo aslo bu kitobdagi ilm va taʼlimotlardan foydalanmaydi. Bu oyat garchi yahudiylarga qarata aytilgan boʻlsa-da, musulmonlarga ham tegishlidir. Yaʼni, Alloh taolo musulmonlarga: sizlar ham yahudiylarga oʻxshab Allohning kitobiga amal qilmasangizlar, xuddi ularga oʻxshagan boʻlasizlar, demoqda.

Demak, Qurʼonga amal qilinmasa, undagi ilohiy taʼlimotlardan foydalanilmasa, musulmonlar ham ustiga kitob ortilgan eshakka oʻxshagan boʻladilar.

«Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqargan qavmning misoli qandoq ham yomon.»

Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarganlarni har qanday yomon narsaga oʻxshatsa ham boʻlaveradi.

«Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.»

Albatta, Alloh taolo zolim qavmlarni hidoyat qilmaydi. Chunki, ular Alloh taoloning yoʻlidan yurmay oʻzlariga oʻzlari zulm qildilar.

Shundan soʻng Alloh taolo yahudiylarning, biz Allohning suygan bandalarimiz, degan daʼvolarini fosh qiladi.

Ey Muhammad!