QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jumu'ah surasi · Oyatсураси · Оят6

قُلْ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ هَادُوٓا۟ إِن زَعَمْتُمْ أَنَّكُمْ أَوْلِيَآءُ لِلَّهِ مِن دُونِ ٱلنَّاسِ فَتَمَنَّوُا۟ ٱلْمَوْتَ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Ey, yahudiy bo`lganlar, albatta, siz, boshqalardan farqli o`laroq, Allohning avliyolarimiz deb da'vo qiladigan bo`lsangiz, bas, o`limni orzu qiling, agar rostgo`y bo`lsangiz», deb ayt.Сен: «Эй, яҳудий бўлганлар, албатта, сиз, бошқалардан фарқли ўлароқ, Аллоҳнинг авлиёларимиз деб даъво қиладиган бўлсангиз, бас, ўлимни орзу қилинг, агар ростгўй бўлсангиз», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Ey yahudiylar, agar sizlar (boshqa) odamlarni emas, faqat oʻzlaringizni Allohning doʻstlari deb daʼvo qilsangizlar — agar (mana shu daʼvolaringizda) rostgoʻy boʻlsangizlar — oʻlimni orzu qilinglar-chi?(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Эй яҳудийлар, агар сизлар (бошқа) одамларни эмас, фақат ўзларингизни Аллоҳнинг дўстлари деб даъво қилсангизлар — агар (мана шу даъволарингизда) ростгўй бўлсангизлар — ўлимни орзу қилинглар-чи?

553-sahifa · 28-juz · 56-hizb553-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтيَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَoʻshalarўшаларهَادُوٓا۟yahudiy boʻlganlarяҳудий бўлганларإِنagarагарزَعَمْتُمْdaʼvo qilsangizдаъво қилсангизأَنَّكُمْalbatta sizалбатта сизأَوْلِيَآءُavliyolarmizавлиёлармизلِلَّهِAllohningАллоҳнингمِن-dan-данدُونِboshqa (farqli oʻlaroq)бошқа (фарқли ўлароқ)ٱلنَّاسِodamlarодамларفَتَمَنَّوُا۟bas, orzu qilingбас, орзу қилингٱلْمَوْتَoʻlimniўлимниإِنagarагарكُنتُمْsiz boʻlsangizсиз бўлсангизصَـٰدِقِينَrostgoʻyростгўй
TafsirТафсир

Yahudiylar doimo, biz Allohning tanlagan bandalarimiz, qolganlarni u bizga eshak qilib bergan, degan daʼvoni qiladilar. Ushbu oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz alayhissalomga xitob qilib, yahudiylarning bu notoʻgʻri daʼvolariga raddiya berishni taʼlim beryapti.

Agar gapingiz rost boʻlsa, Allohning suygani boʻlsangiz, oʻlishni orzu qiling, chunki qancha tezroq oʻlsangiz, Allohga shuncha tez erishasiz va maqsadingiz hosil boʻladi. Odatda, har bir sevuvchi mahbubiga tezroq erishish uchun hamma chorani qoʻllaydi. Xoʻsh, yahudiylar oʻlimni yaxshi koʻrarmikinlar? Yoʻq, aslo yoqtirmaydilar. Dunyoda ularchalik bu dunyo hayotiga qiziqqan xalq yoʻq. Buni hamma yaxshi biladi, shuning uchun ham, Alloh taolo keyingi oyatda yuqoridagi savolga Oʻzi javob berib qoʻya qolyapti: