وَلَا يَتَمَنَّوْنَهُۥٓ أَبَدًۢا بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular qo`llari qilgan(gunoh)lari tufayli hech qachon u(o`lim)ni orzu qilmaslar. Alloh zolimlarni biluvchidir.Улар қўллари қилган(гуноҳ)лари туфайли ҳеч қачон у(ўлим)ни орзу қилмаслар. Аллоҳ золимларни билувчидир.Alauddin Mansour: Ular qoʻllari (yaʼni, oʻzlari) qilib qoʻygan ishlari (yaʼni, Tavrotda haq paygʻambar ekanliklari zikr qilingan Muhammad alayhis-salotu vas-salomni yolgʻonchi qilganlari) sababli hech qachon (oʻlimni) orzu qila olmaslar. Alloh zolim kimsalarni bilguvchidir.Улар қўллари (яъни, ўзлари) қилиб қўйган ишлари (яъни, Тавротда ҳақ пайғамбар эканликлари зикр қилинган Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломни ёлғончи қилганлари) сабабли ҳеч қачон (ўлимни) орзу қила олмаслар. Аллоҳ золим кимсаларни билгувчидир.
Yahudiylarning oʻlimni sira orzu qilmasliklariga gunohlarining koʻpligi sabab ekan. Ular oʻlimdan keyin savol-javob boʻlishini, gunohlarga yarasha azob belgilanishini biladilar. Bu esa, ular uchun nihoyatda dahshatli.
Yahudiylar xohlamaganlari uchun oʻlmay qoladilarmi? Yoʻq. Albatta, oʻladilar, oʻlimdan qochib qutula olmaydilar. Bu haqiqatni kelasi oyat bayon qiladi.
Ey Muhammad!