قُلْ إِنَّ ٱلْمَوْتَ ٱلَّذِى تَفِرُّونَ مِنْهُ فَإِنَّهُۥ مُلَـٰقِيكُمْ ۖ ثُمَّ تُرَدُّونَ إِلَىٰ عَـٰلِمِ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَـٰدَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Albatta, siz undan qochayotgan o`lim, ta'kid shulki, sizga baribir yo`liquvchidir. So`ngra maxfiy va oshkor narsalarni Biluvchining huzuriga qaytarilursizlar. Bas, U sizga nima qilib yurganingizning xabarini beradir», deb ayt.Сен: «Албатта, сиз ундан қочаётган ўлим, таъкид шулки, сизга барибир йўлиқувчидир. Сўнгра махфий ва ошкор нарсаларни Билувчининг ҳузурига қайтарилурсизлар. Бас, У сизга нима қилиб юрганингизнинг хабарини берадир», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Sizlar qochayotgan bu oʻlim albatta sizlarga yoʻliqquvchidir. Soʻngra sizlar gʻaybu-shahodatni (yaʼni, barcha yashirin va oshkora narsa-amallarni) bilguvchi (Alloh)ga qaytarilursizlar. Bas, U zot sizlarga qilib oʻtgan amallaringizning xabarini berur!»Айтинг: «Сизлар қочаётган бу ўлим албатта сизларга йўлиққувчидир. Сўнгра сизлар ғайбу-шаҳодатни (яъни, барча яширин ва ошкора нарса-амалларни) билгувчи (Аллоҳ)га қайтарилурсизлар. Бас, У зот сизларга қилиб ўтган амалларингизнинг хабарини берур!»
Ha, hech bir kimsa oʻlimdan qochib qutula olmaydi. Shu jumladan, yahudiylar ham. Oʻlim insonni, vaqti-soati kelganda, qayerdan boʻlsa ham, izlab topadi.
«Albatta, siz undan qochayotgan oʻlim, taʼkid shulki, sizga baribir yoʻliquvchidir.»
Har bir inson oʻlganidan soʻng, maxfiy va oshkora narsalarning barchasidan xabardor Alloh taoloning huzuriga qaytariladi va bu dunyoda qilgan har bir ishi uchun javob beradi.
«Soʻngra maxfiy va oshkor narsalarni Biluvchining huzuriga qaytarilursizlar.»
Agar yashirmoqchi boʻlsa, Alloh taoloning Oʻzi u banda bu dunyoda nimalar qilganini aytib beradi.
«Bas, U sizga nima qilib yurganingizning xabarini beradir.»
Alloh taolo musulmonlarga mana shu tariqa oʻrnakli dars oʻtib, ularning himmatini qoʻzib, har qanday amrni zoʻr ishtiyoq bilan kutib olishga tayyorlab qoʻygandan soʻng, Islom ummati uchun eng muhim ishlardan biri–juma namozi haqida soʻz ochadi.