يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا نُودِىَ لِلصَّلَوٰةِ مِن يَوْمِ ٱلْجُمُعَةِ فَٱسْعَوْا۟ إِلَىٰ ذِكْرِ ٱللَّهِ وَذَرُوا۟ ٱلْبَيْعَ ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Juma kunida, namozga nido qilingan paytda, Allohning zikriga shoshiling va savdoni qo`ying. Agar bilsangiz, bu o`zingiz uchun yaxshidir.Эй, иймон келтирганлар! Жума кунида, намозга нидо қилинган пайтда, Аллоҳнинг зикрига шошилинг ва савдони қўйинг. Агар билсангиз, бу ўзингиз учун яхшидир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, qachon Jumʼa kunidagi namozga chorlansa (yaʼni, azon aytilsa), darhol Allohning zikriga boringlar va oldi-sotdini tark qilinglar! Agar biladigan boʻlsangizlar, mana shu (yaʼni, Allohning zikriga — Jumʼa namozini oʻqishga shoshilish) oʻzlaringiz uchun yaxshiroqdir.Эй мўминлар, қачон Жумъа кунидаги намозга чорланса (яъни, азон айтилса), дарҳол Аллоҳнинг зикрига боринглар ва олди-сотдини тарк қилинглар! Агар биладиган бўлсангизлар, мана шу (яъни, Аллоҳнинг зикрига — Жумъа намозини ўқишга шошилиш) ўзларингиз учун яхшироқдир.
Juma kuni hafta kunlari ichida eng fazilatlisi hisoblanadi. Paygʻambar alayhissalom: «Quyosh chiqib turgan kunlarning eng yaxshisi juma kunidir. Oʻsha kuni Odam yaratilgan, jannatga kiritilgan, jannatdan chiqarilgan. Qiyomat ham juma kuni qoim boʻladi», deganlar.
Oyatdagi «namozga nido qilingan paytda»dan murod, imom minbarga chiqqandan soʻng aytiladigan ikkinchi azondir. Paygʻambar alayhissalom vaqtlarida, Abu Bakr Siddiq bilan Umar Foruq davrlarida jumaga faqat bir marta azon aytilgan. Hazrati Usmon xalifa boʻlganlaridan soʻng shahar kengayib, odam koʻpayganda, u kishi bozordagi oʻzlarining Zavro nomli hovlilarida ham bir marta azon aytishni tashkil qilganlar. Uni eshitib, kishilar masjidga yuzlanganlar. Keyin imom minbarga chiqqanda jumaning haqiqiy azoni aytilgan. Ushbu oyatdagi hukmlar ham mana shu ikkinchi azonga taalluqlidir.
«Ey, iymon keltirganlar! Juma kunida, namozga nido qilingan paytda, Allohning zikriga shoshiling va savdoni qoʻying.»
Xuddi shu oyat bilan ikki rakʼatli juma namozi musulmonlarga jamoat bilan oʻqish uchun farz qilindi. Uning vaqti–peshin namozining vaqti. Yaʼni, juma kuni peshin oʻrniga jamoat bilan juma namozi oʻqiladi.
Allohning oyatdagi:
«Va savdoni qoʻying», degan farmoniga asosan, juma kuni ikkinchi azondan boshlab namoz oʻqib boʻlguncha savdo-sotiq harom qilingan.
Oyatning oxirida Alloh taolo juma namozida musulmonlar uchun katta foydalar borligiga kafolat beryapti.
«Agar bilsangiz, bu oʻzingiz uchun yaxshidir.»
Oʻsha foydalar quyidagilar:
1. Jamoat namozi vaqtida musulmonlar bir-birlari bilan tanishadilar, oralaridagi farqlar yoʻqoladi. Davlat boshligʻi oddiy fuqaro bilan, boy kambagʻal bilan, oq tanli qora tanli bilan bir safda turib, boshini yerga qoʻyib sajda qiladi, yaʼni, jamoat namozida oʻzaro tenglik gʻoyasi hayotga tatbiq qilinadi.
2. Ozoda kiyingan, xushboʻy atirlar sepgan katta-kichik barchaning bir safda turib, katta jamoat bilan namoz oʻqishi Islomning fazlini koʻz-koʻz qiladi. Kishilarga oʻz taʼsirini oʻtkazadi.
3. Juma namozida doimo xutba–vaʼz, nasihat boʻladi. Kishilar yaxshilikka daʼvat qilinadi va yomonlikdan qaytariladi. Umuman, musulmonlarga kerakli barcha mavzular bayoni boʻladi.
4. Koʻpning duosi koʻl, deganlaridek, juma kuni koʻpchilik xayr- baraka tilab duolar qiladi. Uning ustiga, Alloh taolo juma kunida duolar qabul boʻladigan soatni joylagan. Paygʻambarimiz alayhissalomning koʻpgina hadislarida jumaga gʻusl qilib, yuvinib, xushboʻy narsalarni sepib borish tavsiya qilingan. Juma namozini uzrsiz qoldirish esa, juda katta gunoh hisoblanadi.