QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jumu'ah surasi · Oyatсураси · Оят10

فَإِذَا قُضِيَتِ ٱلصَّلَوٰةُ فَٱنتَشِرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ وَٱبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِ ٱللَّهِ وَٱذْكُرُوا۟ ٱللَّهَ كَثِيرًا لَّعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, namoz tugagandan so`ng yer yuzi bo`ylab tarqaling va Allohning fazlidan talab qiling va Allohni ko`p eslang, shoyadki, yutuqqa erishsangiz.Бас, намоз тугагандан сўнг ер юзи бўйлаб тарқалинг ва Аллоҳнинг фазлидан талаб қилинг ва Аллоҳни кўп эсланг, шоядки, ютуққа эришсангиз.Alauddin Mansour: Endi qachon namoz ado qilingach, Yerga tarqalib, Allohning fazlu marhamatidan (rizqu roʻz) istayveringlar. Allohni koʻp zikr qilinglarki, shoyad najot topursizlar.Энди қачон намоз адо қилингач, Ерга тарқалиб, Аллоҳнинг фазлу марҳаматидан (ризқу рўз) истайверинглар. Аллоҳни кўп зикр қилингларки, шояд нажот топурсизлар.

554-sahifa · 28-juz · 56-hizb554-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиقُضِيَتِtugagandan soʻngтугагандан сўнгٱلصَّلَوٰةُnamozнамозفَٱنتَشِرُوا۟bas, tarqalingбас, тарқалингفِىboʻylabбўйлабٱلْأَرْضِyer yuziер юзиوَٱبْتَغُوا۟va talab qilingва талаб қилингمِن-dan-данفَضْلِfazliфазлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَٱذْكُرُوا۟va eslangва эслангٱللَّهَAllohniАллоҳниكَثِيرًۭاkoʻpкўпلَّعَلَّكُمْshoyadkiшоядкиتُفْلِحُونَyutuqqa erishsangizютуққа эришсангиз
TafsirТафсир

Maʼlumki, avvalgi oyatda Alloh taolo azondan keyin savdoni tark etib namozga shoshilishga buyurgan edi. Endi esa, juma namozi tamom boʻlgandan soʻng yana avvalgi holatga qaytish mumkinligini bayon qilmoqda.

«Bas, namoz tugagandan soʻng yer yuzi boʻylab tarqaling….»

Namozdan keyin kim savdosiga, kim kasal koʻrgani, kim ilm talabiga va hokazo–hamma oʻz ishiga qaytishi mumkin. Yer yuzi boʻylab tarqalish haqidagi buyruq majburiy emas. Lekin baʼzi kishilar bu amrga jiddiy amal qilganlar. Misol uchun, Arok ibn Molik roziyallohu anhu juma namozidan soʻng masjid eshigidan chiqar ekanlar: «Ey bor xudoyo, men daʼvatingga muhabbat qildim, farz namozingni oʻqidim va aytganingdek, yer yuziga tarqaldim. Menga oʻz fazlingdan rizq bergin, sen eng yaxshi rizq berguvchisan», der ekanlar.

«...va Allohning fazlidan talab qiling...…»

Allohning fazlini talab qilish davomida dunyoga haddan tashqari berilib ketib, yoʻldan adashish ham mumkin. Shuning uchun, oyatning oxirida,

«...va Allohni koʻp eslang, shoyadki, yutuqqa erishsangiz», deyilmoqda.

Suraning oxirida bir guruh musulmonlarning Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam juma namozi xutbasini oʻqib turganlarida savdo karvoni kelganidan xabardor boʻlib, chiqib ketganlari eslatiladi. Odatda, karvon kelganda shovqin-suron bilan doʻmbira chalib kelar ekan. Oʻshanda Paygʻambar alayhissalom bilan oʻn ikki kishi qolib, boshqalar chiqib ketgan ekan. Chiqib ketganlarning baʼzilari yashash uchun zaruriy ashyolari tugab, karvonni orziqib kutib turgan ekanlar. Baʼzilari esa, xutba vaqtida chiqsa boʻlaveradi, namoz vaqtida chiqmasak boʻldi, deb oʻylashgan ekan.

Ey Muhammad!