QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Munafiqun surasi · Oyatсураси · Оят10

وَأَنفِقُوا۟ مِن مَّا رَزَقْنَـٰكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ أَحَدَكُمُ ٱلْمَوْتُ فَيَقُولَ رَبِّ لَوْلَآ أَخَّرْتَنِىٓ إِلَىٰٓ أَجَلٍ قَرِيبٍ فَأَصَّدَّقَ وَأَكُن مِّنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va biringizga o`lim kelib: «Ey Robbim, agar mening o`limimni yaqin muddatga orqaga sursang, bas, sadaqa qilib solihlardan bo`lsam», demasdan avval, Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan nafaqa qiling.Ва бирингизга ўлим келиб: «Эй Роббим, агар менинг ўлимимни яқин муддатга орқага сурсанг, бас, садақа қилиб солиҳлардан бўлсам», демасдан аввал, Биз сизларга ризқ қилиб берган нарсалардан нафақа қилинг.Alauddin Mansour: Sizlarning (har) biringizga oʻlim kelib, u: «Parvardigorim, meni ozgina muddatga (hayotda) qoldirsang, men xayr-sadaqa qilib, solih (banda)lardan boʻlsam», deb qolishdan ilgari, Biz sizlarga rizq qilib berga narsalardan infoq-ehson qilingiz!Сизларнинг (ҳар) бирингизга ўлим келиб, у: «Парвардигорим, мени озгина муддатга (ҳаётда) қолдирсанг, мен хайр-садақа қилиб, солиҳ (банда)лардан бўлсам», деб қолишдан илгари, Биз сизларга ризқ қилиб берга нарсалардан инфоқ-эҳсон қилингиз!

555-sahifa · 28-juz · 56-hizb555-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنفِقُوا۟va nafaqa qilingва нафақа қилингمِن-dan-данمَّاnarsalardanнарсаларданرَزَقْنَـٰكُمBiz sizlarga rizq berganБиз сизларга ризқ берганمِّن-dan-данقَبْلِavvalаввалأَن-ki-киيَأْتِىَkelishiкелишиأَحَدَكُمُbiringizgaбирингизгаٱلْمَوْتُoʻlimўлимفَيَقُولَbas, u aytadiбас, у айтадиرَبِّey Robbimэй Роббимلَوْلَآagarагарأَخَّرْتَنِىٓmeni orqaga sursangмени орқага сурсангإِلَىٰٓ-ga-гаأَجَلٍۢmuddatgaмуддатгаقَرِيبٍۢyaqinяқинفَأَصَّدَّقَbas, sadaqa qilsamбас, садақа қилсамوَأَكُنva boʻlsamва бўлсамمِّنَ-dan-данٱلصَّـٰلِحِينَsolihlardanсолиҳлардан
TafsirТафсир

Rizqning asosiy manbai Alloh taoloning Oʻzidir va U zot odamlarga Oʻzi xohlaganicha rizq berib qoʻygan va undan nafaqa, xayr- ehson qilib turishga buyurgan. Albatta, bu ish oʻlim kelishidan avval boʻlishi shart. Sogʻ-salomatlikda, hamma narsaga qodirlik paytida xayr-ehson qilsa, oʻrniga tushadi. Oʻlim kelganda esa, hamma ham yolborib, Allohdan yana ozgina umr berishini soʻraydi, sadaqa qilib, yaxshi kishilar qatorida boʻlishni istab qoladi. Lekin unda kech qolgan boʻladi. Chunki: