QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Munafiqun surasi · Oyatсураси · Оят9

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تُلْهِكُمْ أَمْوَٰلُكُمْ وَلَآ أَوْلَـٰدُكُمْ عَن ذِكْرِ ٱللَّهِ ۚ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَـٰسِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Mollaringiz va bolalaringiz sizni Allohning zikridan chalg`itmasin. Kim shunday qilsa, bas, ana o`shalar yutqazganlardir.Эй, иймон келтирганлар! Молларингиз ва болаларингиз сизни Аллоҳнинг зикридан чалғитмасин. Ким шундай қилса, бас, ана ўшалар ютқазганлардир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, na mol-dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizlarni Allohning zikridan (yaʼni, Allohga ibodat qilishdan) yuz oʻgirtirib qoʻymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana oʻshalar ziyon koʻrguvchi kimsalardir!Эй мўминлар, на мол-дунёларингиз ва на бола-чақаларингиз сизларни Аллоҳнинг зикридан (яъни, Аллоҳга ибодат қилишдан) юз ўгиртириб қўймасин! Кимки шундай қилса, бас, ана ўшалар зиён кўргувчи кимсалардир!

555-sahifa · 28-juz · 56-hizb555-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَkimsalarкимсаларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганلَاemasэмасتُلْهِكُمْsizni chalgʻitsinсизни чалғитсинأَمْوَٰلُكُمْmollaringizмолларингизوَلَآva emasва эмасأَوْلَـٰدُكُمْbolalaringizболаларингизعَن-dan-данذِكْرِzikridanзикриданٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингوَمَنva kimва кимيَفْعَلْqilsaқилсаذَٰلِكَshundayшундайفَأُو۟لَـٰٓئِكَbas, ana oʻshalarбас, ана ўшаларهُمُularуларٱلْخَـٰسِرُونَyutqazuvchilardirютқазувчилардир
TafsirТафсир

Agar kishining qalbi uygʻoq boʻlmasa, molu dunyo va bola-chaqa uni band qilib, Allohning zikrini unuttirib qoʻyadi.

Shuning uchun ham, Qurʼoni Karim takror va takror musulmonlarni Allohning zikrini unutmaslikka daʼvat etadi.

«Ey, iymon keltirganlar! Mollaringiz va bolalaringiz sizni Allohning zikridan chalgʻitmasin.»

Unday kishilar, avvalo, oxirat neʼmatini yutqazadilar, qolaversa, bu dunyoda Allohning zikridan kelib chiqadigan xotirjamlik va osoyishtalik va boshqa koʻplab foydalardan quruq qoladilar.

«Kim shunday qilsa, bas, ana oʻshalar yutqazganlardir.»

Allohni unutgan jamiyat koʻp narsani boy bergan jamiyatdir. Chunki, gʻofillik sababli gunoh ishlar, jinoyat va oʻzga musiybatlar koʻpayadi.