وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا۟ يَسْتَغْفِرْ لَكُمْ رَسُولُ ٱللَّهِ لَوَّوْا۟ رُءُوسَهُمْ وَرَأَيْتَهُمْ يَصُدُّونَ وَهُم مُّسْتَكْبِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va agar ularga: «Kelinglar, Allohning Rasuli sizlarga istig`for aytur», deyilsa, ular boshlarini chayqarlar. Va ularning mutakabbirlik holida yuz o`girayotganlarini ko`rursan.Ва агар уларга: «Келинглар, Аллоҳнинг Расули сизларга истиғфор айтур», дейилса, улар бошларини чайқарлар. Ва уларнинг мутакаббирлик ҳолида юз ўгираётганларини кўрурсан.Alauddin Mansour: Qachon ularga: «Kelinglar, Allohning paygʻambari sizlar uchun magʻfirat soʻrar», deyilsa, albatta ular boshlarini burib keturlar va ularni kibr-havo qilgan hollarida yuz oʻgirishlarini koʻrursiz.Қачон уларга: «Келинглар, Аллоҳнинг пайғамбари сизлар учун мағфират сўрар», дейилса, албатта улар бошларини буриб кетурлар ва уларни кибр-ҳаво қилган ҳолларида юз ўгиришларини кўрурсиз.
Istigʻfor aytish–gunohning kechishini Allohdan soʻrash. Suraning nozil boʻlishi haqidagi rivoyatlarda kelishicha, munofiqlarning rahbari Abdulloh ibn Ubayning yolgʻonchiligi fosh boʻlgandan soʻng kishilar unga: «Endi Rasulullohning huzurlariga borib uzr soʻra, u kishi sening gunohlaringni kechishini soʻrab Allohga duo qilsalar, gunohlaring magʻfirat qilinsa, ajab emas», deyishganda, mutakabbirlik bilan bosh chayqab, bormagan ekan. Lekin oyatning hukmi hamma munofiqlar uchun bir.
«Va agar ularga: «Kelinglar, Allohning Rasuli sizlarga istigʻfor aytur», deyilsa, ular boshlarini chayqarlar. Va ularning mutakabbirlik holida yuz oʻgirayotganlarini koʻrursan.»
Munofiqlar musulmonlik daʼvosini qilib yurgani uchun, baʼzi gunohlarni sodir etganlarida, oddiy musulmonlar kabi ularni ham Allohdan gunohlarini magʻfirat qilishini soʻrashga, istigʻfor aytishga chorlansalar, ular bu taklifga koʻnmasdan boshlarini chayqaydilar. Shu bilan ular oʻzlarining munofiqliklarini oʻzlari fosh etib qoʻyadilar. Ayniqsa, ularga, kelinglar, Allohning Rasuli sizlarga istigʻfor aytadi, deyilganda, boshlarini chayqashlari ularning munofiqliklarini juda ham ochiq-oydin fosh etadi. Chunki, qalbida zarracha iymoni bor shaxs Allohga istigʻfor aytishdan zinhor bosh tortmaydi. Xususan, Allohning Rasuli sizlarga istigʻfor aytadi, deyilganda, ularning rad maʼnosida boshlarini chayqashlari mutlaqo mumkin emas.
Ey Paygʻambar!
«Ular uchun istigʻfor aytasanmi yoki aytmaysanmi, bari bir.»
Ular uchun istigʻfor aytding nimayu, aytmading nima, farqi yoʻq.
«Alloh ularni hech magʻfirat qilmas.»
Chunki, ular fisqu fujurga berilib, kufrda haddan oshib ketdilar. Boʻlmasa, ularga, kelinglar, Allohning Rasuli sizlarga istigʻfor aytadi, deyilganda, boshlarini chayqarmidilar?!
«Zero, Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.»
Bu, Alloh taoloning oʻzgarmas, umumiy qoidasidir.
Soʻngra, Alloh taolo munofiqlarning musulmonlarni zaiflashtirish uchun qiladigan rejalaridan xabar beradi.