QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Munafiqun surasi · Oyatсураси · Оят6

سَوَآءٌ عَلَيْهِمْ أَسْتَغْفَرْتَ لَهُمْ أَمْ لَمْ تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ لَن يَغْفِرَ ٱللَّهُ لَهُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَـٰسِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular uchun istig`for aytasanmi yoki aytmaysanmi — bari bir. Alloh ularni hech mag`firat qilmas. Zero, Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.Улар учун истиғфор айтасанми ёки айтмайсанми — бари бир. Аллоҳ уларни ҳеч мағфират қилмас. Зеро, Аллоҳ фосиқ қавмларни ҳидоят қилмас.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz ular uchun magʻfirat soʻradingizmi yoki magʻfirat soʻramadingizmi ularga barobardir — Alloh ularni hargiz magʻfirat qilmas! Albatta Alloh bunday fosiq-itoatsiz qavmni hidoyat qilmas.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз улар учун мағфират сўрадингизми ёки мағфират сўрамадингизми уларга баробардир — Аллоҳ уларни ҳаргиз мағфират қилмас! Албатта Аллоҳ бундай фосиқ-итоатсиз қавмни ҳидоят қилмас.

555-sahifa · 28-juz · 56-hizb555-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
سَوَآءٌbari birбари бирعَلَيْهِمْular uchunулар учунأَسْتَغْفَرْتَistigʻfor aytasanmiистиғфор айтасанмиلَهُمْulargaуларгаأَمْyokiёкиلَمْemasэмасتَسْتَغْفِرْistigʻfor aytasanистиғфор айтасанلَهُمْulargaуларгаلَنhech emasҳеч эмасيَغْفِرَmagʻfirat qilurмағфират қилурٱللَّهُAllohАллоҳلَهُمْ ۚularniуларниإِنَّzero, albattaзеро, албаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَاemasэмасيَهْدِىhidoyatga boshlarҳидоятга бошларٱلْقَوْمَqavmniқавмниٱلْفَـٰسِقِينَfosiqфосиқ
TafsirТафсир

Istigʻfor aytish–gunohning kechishini Allohdan soʻrash. Suraning nozil boʻlishi haqidagi rivoyatlarda kelishicha, munofiqlarning rahbari Abdulloh ibn Ubayning yolgʻonchiligi fosh boʻlgandan soʻng kishilar unga: «Endi Rasulullohning huzurlariga borib uzr soʻra, u kishi sening gunohlaringni kechishini soʻrab Allohga duo qilsalar, gunohlaring magʻfirat qilinsa, ajab emas», deyishganda, mutakabbirlik bilan bosh chayqab, bormagan ekan. Lekin oyatning hukmi hamma munofiqlar uchun bir.

«Va agar ularga: «Kelinglar, Allohning Rasuli sizlarga istigʻfor aytur», deyilsa, ular boshlarini chayqarlar. Va ularning mutakabbirlik holida yuz oʻgirayotganlarini koʻrursan.»

Munofiqlar musulmonlik daʼvosini qilib yurgani uchun, baʼzi gunohlarni sodir etganlarida, oddiy musulmonlar kabi ularni ham Allohdan gunohlarini magʻfirat qilishini soʻrashga, istigʻfor aytishga chorlansalar, ular bu taklifga koʻnmasdan boshlarini chayqaydilar. Shu bilan ular oʻzlarining munofiqliklarini oʻzlari fosh etib qoʻyadilar. Ayniqsa, ularga, kelinglar, Allohning Rasuli sizlarga istigʻfor aytadi, deyilganda, boshlarini chayqashlari ularning munofiqliklarini juda ham ochiq-oydin fosh etadi. Chunki, qalbida zarracha iymoni bor shaxs Allohga istigʻfor aytishdan zinhor bosh tortmaydi. Xususan, Allohning Rasuli sizlarga istigʻfor aytadi, deyilganda, ularning rad maʼnosida boshlarini chayqashlari mutlaqo mumkin emas.

Ey Paygʻambar!

«Ular uchun istigʻfor aytasanmi yoki aytmaysanmi, bari bir.»

Ular uchun istigʻfor aytding nimayu, aytmading nima, farqi yoʻq.

«Alloh ularni hech magʻfirat qilmas.»

Chunki, ular fisqu fujurga berilib, kufrda haddan oshib ketdilar. Boʻlmasa, ularga, kelinglar, Allohning Rasuli sizlarga istigʻfor aytadi, deyilganda, boshlarini chayqarmidilar?!

«Zero, Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.»

Bu, Alloh taoloning oʻzgarmas, umumiy qoidasidir.

Soʻngra, Alloh taolo munofiqlarning musulmonlarni zaiflashtirish uchun qiladigan rejalaridan xabar beradi.