QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Munafiqun surasi · Oyatсураси · Оят7

هُمُ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ لَا تُنفِقُوا۟ عَلَىٰ مَنْ عِندَ رَسُولِ ٱللَّهِ حَتَّىٰ يَنفَضُّوا۟ ۗ وَلِلَّهِ خَزَآئِنُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلَـٰكِنَّ ٱلْمُنَـٰفِقِينَ لَا يَفْقَهُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Rasulullohning huzuridagilarga nafaqa bermanglar, hattoki, tarqab ketsinlar», derlar. Holbuki, osmonlaru yerning xaziynalari Allohnikidur. Va lekin munofiqlar tushunmaslar.Улар: «Расулуллоҳнинг ҳузуридагиларга нафақа берманглар, ҳаттоки, тарқаб кетсинлар», дерлар. Ҳолбуки, осмонлару ернинг хазийналари Аллоҳникидур. Ва лекин мунофиқлар тушунмаслар.Alauddin Mansour: Ular (oʻzlarining tobeʼlariga): «Allohning paygʻambari huzuridagi kishilarga infoq-ehson qilmanglar, toki ular tarqalib ketsinlar», deydigan kimsalardir. Holbuki, osmonlar va Yer xazinalari yolgʻiz Allohnikidir. Lekin munofiqlar (buni) anglamaslar.Улар (ўзларининг тобеъларига): «Аллоҳнинг пайғамбари ҳузуридаги кишиларга инфоқ-эҳсон қилманглар, токи улар тарқалиб кетсинлар», дейдиган кимсалардир. Ҳолбуки, осмонлар ва Ер хазиналари ёлғиз Аллоҳникидир. Лекин мунофиқлар (буни) англамаслар.

555-sahifa · 28-juz · 56-hizb555-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُمُularуларٱلَّذِينَshundaylarkiшундайларкиيَقُولُونَderlarдерларلَاemasэмасتُنفِقُوا۟nafaqa beringlarнафақа берингларعَلَىٰ-ga-гаمَنْkimsalargaкимсаларгаعِندَhuzuridagiҳузуридагиرَسُولِRasuliРасулиٱللَّهِAllohningАллоҳнингحَتَّىٰtokiтокиيَنفَضُّوا۟ ۗtarqab ketsinlarтарқаб кетсинларوَلِلَّهِva Allohnikidirва Аллоҳникидирخَزَآئِنُxazinalariхазиналариٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarningосмонларнингوَٱلْأَرْضِva yerningва ернингوَلَـٰكِنَّva lekinва лекинٱلْمُنَـٰفِقِينَmunofiqlarмунофиқларلَاemasэмасيَفْقَهُونَtushunarlarтушунарлар
TafsirТафсир

Yaʼni, munofiqlar: Rasulullohga va u kishi bilan birga boʻlganlarga iqtisodiy koʻmak qilmanglar, shunda ular och-nahor qolib, tarqalib ketadi, Paygʻambarga ham yordam bera olmaydilar, deb tushuntiradilar.

«Ular, Rasulullohning huzuridagilarga nafaqa bermanglar, hattoki, tarqab ketsinlar, derlar.»

Bu, iqtisodiy urush deyiladi. Hozirgi kunda mustamlakachi davlatlar oʻz soʻziga kirmagan kichik xalqlarni boʻysundirish uchun iqtisodiy qamal qiladilar yoki oʻzga usullarni ishga soladilar. Ular oʻzlaricha bu uslub qoʻl keladi, deb oʻylashadi. Lekin Qurʼoni Karim ularning bunaqa rejalari foydasiz ekanini taʼkidlaydi. Moʻminlarning qalblariga taskin berib aytadiki:

«Holbuki, osmonlaru yerning xaziynalari Allohnikidur».

Yaʼni, hammaga rizq beradigan ham, rizqni kesib qoʻyadigan ham Alloh taoloning Oʻzidir.

«Va lekin munofiqlar tushunmaslar.»

Ha, munofiqlar, Allohga iymonlari yoʻq boʻlgani uchun, buning farqiga bormaydilar.

Bu masala oydinlashtirib olingandan keyin, munofiqlar boshligʻining Paygʻambar alayhissalomni Madiynadan xorlarcha quvib chiqaraman, deb qilgan doʻq-poʻpisasiga raddiya beriladi.