أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَبَؤُا۟ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَبْلُ فَذَاقُوا۟ وَبَالَ أَمْرِهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarga oldin kofir bo`lganlarning xabari kelmadimi? Bas, ular o`z ishlarining azobini tatidilar va ularga alamli azoblar bor.Сизларга олдин кофир бўлганларнинг хабари келмадими? Бас, улар ўз ишларининг азобини татидилар ва уларга аламли азоблар бор.Alauddin Mansour: (Ey Makka kofirlari), sizlarga avvalgi kofir boʻlishib, soʻng (hayoti dunyodalik paytlaridayoq) oʻz ishlarining ziyonini totgan kimsalarning xabari keldimi? Yana ular uchun (Oxiratdagi) alamli azob ham bordir.(Эй Макка кофирлари), сизларга аввалги кофир бўлишиб, сўнг (ҳаёти дунёдалик пайтларидаёқ) ўз ишларининг зиёнини тотган кимсаларнинг хабари келдими? Яна улар учун (Охиратдаги) аламли азоб ҳам бордир.
Bu oyatdagi xitob Paygʻambar alayhissalom davrlaridagi kofirlarga qaratilgan boʻlib, ularga oʻzlaridan avval oʻtgan kofirlarning holi eslatilmoqda.
«Sizlarga oldin kofir boʻlganlarning xabari kelmadimi?»
Shoyadki, bu eslatma ularning aqlini joyiga keltirib, ibrat olib, toʻgʻri yoʻlga tushib ketishlariga sabab boʻlsa.
«Bas, ular oʻz ishlarining azobini tatidilar va ularga alamli azoblar bor.»
Oʻtgan kofir ummatlar barchasi kofirlikning azobini totishgan, ulardan keyin kelgan kofirlar ham vaqtida oʻzlarini tuzatmasalar, oqibat bir xil boʻlishi turgan gap.
Qiyomat kunida esa, barcha kofirlarga alamli azoblar tayyorlab qoʻyilgan.
Nima sababdan ularga bu qadar azob-uqubatlar boʻladi, degan savolga kelgusi oyat javob beradi: