QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Taghabun surasi · Oyatсураси · Оят6

ذَٰلِكَ بِأَنَّهُۥ كَانَت تَّأْتِيهِمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ فَقَالُوٓا۟ أَبَشَرٌ يَهْدُونَنَا فَكَفَرُوا۟ وَتَوَلَّوا۟ ۚ وَّٱسْتَغْنَى ٱللَّهُ ۚ وَٱللَّهُ غَنِىٌّ حَمِيدٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Buning boisi shuki, ularga Payg`ambarlari oydin dalillar bilan kelardilar, ular bo`lsa, bizni bashar hidoyatga boshlarmi, deb kufrga ketardilar va (haqdan) yuz o`girardilar. Va Alloh behojat bo`ldi. Alloh behojat va maqtalgandir.Бунинг боиси шуки, уларга Пайғамбарлари ойдин далиллар билан келардилар, улар бўлса, бизни башар ҳидоятга бошларми, деб куфрга кетардилар ва (ҳақдан) юз ўгирардилар. Ва Аллоҳ беҳожат бўлди. Аллоҳ беҳожат ва мақталгандир.Alauddin Mansour: Bunga sabab, ularga paygʻambarlari (oʻzlarining haq paygʻambar ekanliklarini bildiruvchi) hujjatlar bilan kelganlarida ular: «Bizlarni (oʻzimizga oʻxshagan) bashar (avlodlari) hidoyat qilurlarmi?!», deyishib, (u paygʻambarlarga) kofir boʻlganlari va (iymondan) yuz oʻgirib ketganlaridir, (shunda) Alloh (ularni halok qilish bilan Oʻzi ularning iymonlaridan) behojat ekanligini koʻrsatdi. Alloh behojat va hamdu sanoga loyiq Zotdir.Бунга сабаб, уларга пайғамбарлари (ўзларининг ҳақ пайғамбар эканликларини билдирувчи) ҳужжатлар билан келганларида улар: «Бизларни (ўзимизга ўхшаган) башар (авлодлари) ҳидоят қилурларми?!», дейишиб, (у пайғамбарларга) кофир бўлганлари ва (иймондан) юз ўгириб кетганларидир, (шунда) Аллоҳ (уларни ҳалок қилиш билан Ўзи уларнинг иймонларидан) беҳожат эканлигини кўрсатди. Аллоҳ беҳожат ва ҳамду санога лойиқ Зотдир.

556-sahifa · 28-juz · 56-hizb556-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَbuning boisiбунинг боисиبِأَنَّهُۥshundakiшундакиكَانَتediэдиتَّأْتِيهِمْularga kelarуларга келарرُسُلُهُمPaygʻambarlariПайғамбарлариبِٱلْبَيِّنَـٰتِoydin dalillar bilanойдин далиллар биланفَقَالُوٓا۟bas, ular aytdilarбас, улар айтдиларأَبَشَرٌۭbasharmi?башарми?يَهْدُونَنَاbizni hidoyatga boshlaydimiбизни ҳидоятга бошлайдимиفَكَفَرُوا۟bas, kufrga ketdilarбас, куфрга кетдиларوَتَوَلَّوا۟ ۚva yuz oʻgirdilarва юз ўгирдиларوَّٱسْتَغْنَىva behojat boʻldiва беҳожат бўлдиٱللَّهُ ۚAllohАллоҳوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳغَنِىٌّbehojatбеҳожатحَمِيدٌۭmaqtalgandirмақталгандир
TafsirТафсир

Demak, kofirlar bu dunyoda ham, u dunyoda ham azobga bekordan- bekorga duchor boʻlmaydilar. Ularning bu holga tushishlariga jiddiy sabab bor.

«Buning boisi shuki, ularga Paygʻambarlari oydin dalillar bilan kelardilar, ular boʻlsa, bizni bashar hidoyatga boshlarmi, deb kufrga ketardilar va (haqdan) yuz oʻgirardilar.»

Hidoyatga boshlovchi oʻzlariga oʻxshagan inson boʻlishiga qarshi eʼtiroz bildirish barcha kofirlarga xosdir. Bu eʼtiroz Islom dinining xususiyatini bilmaslikdan kelib chiqadi. Alloh taolo Islom ahkomlarini inson uchun saodat yoʻli qilib tushirgan, oʻzgacha emas. Demak, ularning ichidan biri diniy koʻrsatmalarga oʻz shaxsida amal qilib koʻrsatib, ilohiy taʼlimotning yerdagi tarjimoni boʻlishi kerak. Agar Paygʻambar farishta boʻlganida, bu maqsad hosil boʻlmas edi. Eng avvalo, oʻsha kofirlarning oʻzlari, «Bu, farishta boʻlgani uchun diniy koʻrsatmalarga amal qila oladi, biz ojiz insonmiz, bu ishlarga ergasha olmaymiz, qoʻlimizdan kelmaydi», deyishgan boʻlardi.

Shuning uchun ham, Alloh taolo ularning bu johilona eʼtirozlariga eʼtibor qilmadi.

«Va Alloh behojat boʻldi. Alloh behojat va maqtalgandir.»

Kofirlarning oʻzlarini bundoq tutishlariga yana bir sabab bor. U haqda kelasi oyatda zikr qilinadi.