زَعَمَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَن لَّن يُبْعَثُوا۟ ۚ قُلْ بَلَىٰ وَرَبِّى لَتُبْعَثُنَّ ثُمَّ لَتُنَبَّؤُنَّ بِمَا عَمِلْتُمْ ۚ وَذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kofirlar hech qayta tirilmasliklarini da'vo qilurlar. Sen: «Undoq emas, Robbim bilan qasamki, albatta qayta tiriltirilasizlar, so`ngra qilgan ishlaringizdan xabardor qilinasizlar. Bu ish Alloh uchun osondir», deb ayt.Кофирлар ҳеч қайта тирилмасликларини даъво қилурлар. Сен: «Ундоқ эмас, Роббим билан қасамки, албатта қайта тирилтириласизлар, сўнгра қилган ишларингиздан хабардор қилинасизлар. Бу иш Аллоҳ учун осондир», деб айт.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar oʻzlarining hech qachon qayta tirilmasliklarini gumon-daʼvo qildilar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ularga) ayting: «Yoʻq! Parvardigorimga qasamki, albatta qayta tirilursizlar, soʻngra albatta sizlarga qilgan amallaringizning xabari berilur. Bu Allohga osondir».Кофир бўлган кимсалар ўзларининг ҳеч қачон қайта тирилмасликларини гумон-даъво қилдилар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, уларга) айтинг: «Йўқ! Парвардигоримга қасамки, албатта қайта тирилурсизлар, сўнгра албатта сизларга қилган амалларингизнинг хабари берилур. Бу Аллоҳга осондир».
Ushbu oyati karimada Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muhammad alayhissalomga xitob qilib, kofirlar oʻlgandan soʻng qayta tirilish haqida nima deyishlarini xabar berish bilan birga ularning bu daʼvosiga qandoq javob berishni ham oʻrgatmoqda. «Kofirlar hech qayta tirilmasliklarini daʼvo qilurlar.» Oʻlgandan keyin qayta tirilishga ishonmaslik kofirlikning asosiy koʻrinishlaridandir. Agar inson qiyomatda qayta tirilishiga va bu dunyodagi har bir ishi uchun javob berishi muqarrarligiga iymoni boʻlsa, hech yomonlik qilmas edi. Ammo kofirlar bu haqiqatga ishonmaydilar. Balki taʼkid ila, oʻlgandan keyin hech tirilmaymiz, deydilar. Ey Paygʻambar! «Sen: «Undoq emas, Robbim bilan qasamki, albatta qayta tiriltirilasizlar, soʻngra qilgan ishlaringizdan xabardor qilinasizlar. Bu ish Alloh uchun osondir», deb ayt.» Ushbu jumlada oʻlgandan soʻng qayta tirilish qatʼiy tarzda va qayta-qayta taʼkidlanmoqda. «Undoq emas...» Ey, kofirlar! Gap siz aytgandek emas, oʻlgandan soʻng tirilish bor. «Robbim bilan qasamki...» Oʻlgandan soʻng tirilish borligiga Robbim bilan qasam ichaman. «...albatta qayta tiriltirilasizlar...» Qayta tirilish bilan ish tugab qolmaydi, balki bu dunyoda qilingan har bir ishning xabari ham beriladi. Ha, «...soʻngra qilgan ishlaringizdan xabardor qilinasizlar». Albatta, xabar quruq boʻlmaydi. Ortidan yaxshi ishlar uchun mukofot, yomonlar uchun jazo ham boʻladi. «Bu ish Alloh uchun osondir...» Bas, shunday ekan...