QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Taghabun surasi · Oyatсураси · Оят8

فَـَٔامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَٱلنُّورِ ٱلَّذِىٓ أَنزَلْنَا ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Allohga, Uning Rasuliga va Biz tushirgan nurga iymon keltiringlar. Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.Бас, Аллоҳга, Унинг Расулига ва Биз туширган нурга иймон келтиринглар. Аллоҳ нима қилаётганингиздан хабардордир.Alauddin Mansour: Bas, sizlar Allohga, Uning paygʻambariga va Biz nozil qilgan Nurga — Qurʼonga iymon keltiringlar! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.Бас, сизлар Аллоҳга, Унинг пайғамбарига ва Биз нозил қилган Нурга — Қуръонга иймон келтиринглар! Аллоҳ қилаётган амалларингиздан хабардордир.

556-sahifa · 28-juz · 56-hizb556-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَـَٔامِنُوا۟bas, iymon keltiringlarбас, иймон келтирингларبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَرَسُولِهِۦva Uning Rasuligaва Унинг Расулигаوَٱلنُّورِva nurgaва нургаٱلَّذِىٓoʻshaўшаأَنزَلْنَا ۚBiz tushirganБиз туширганوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳبِمَاnimaniниманиتَعْمَلُونَqilayotganingizdanқилаётганингизданخَبِيرٌۭxabardordirхабардордир
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taolo Islom aqiydasining bosh asoslari boʻlmish uch arkonga iymon keltirishga amr qilmoqda: Allohga; Uning Rasuliga; Biz tushirgan nurga. Johiliyat zulmatida yorugʻ nur boʻlib, insonlarga ikki dunyo saodatining yoʻlini yoritib bergani uchun ham Qurʼoni Karim «nur» deb baholanyapti. Bu dunyoda kishilar biri moʻmin, boshqasi kofir boʻlib, turli ishlarni qilib oʻtsa, ularning oqibati nima boʻladi, degan savol tugʻilishi tabiiy. Kelgusi oyatda bunga javob berilgan: