QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tahrim surasi · Oyatсураси · Оят2

قَدْ فَرَضَ ٱللَّهُ لَكُمْ تَحِلَّةَ أَيْمَـٰنِكُمْ ۚ وَٱللَّهُ مَوْلَىٰكُمْ ۖ وَهُوَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْحَكِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Alloh sizlarga qasamlaringizni bo`shatishni shariatga kiritdi. Va Alloh sizning xojangizdir va U o`ta biluvchi va o`ta hikmatlidir.Батаҳқиқ, Аллоҳ сизларга қасамларингизни бўшатишни шариатга киритди. Ва Аллоҳ сизнинг хожангиздир ва У ўта билувчи ва ўта ҳикматлидир.Alauddin Mansour: Darvoqeʼ, Alloh sizlar uchun (maʼlum miqdorda kafforat-evaz toʻlab) qasamlaringizdan qutulib chiqishni buyurgan-ku. Alloh Xojalaringizdir. U bilguvchidir va hikmat Sohibidir.Дарвоқеъ, Аллоҳ сизлар учун (маълум миқдорда каффорат-эваз тўлаб) қасамларингиздан қутулиб чиқишни буюрган-ку. Аллоҳ Хожаларингиздир. У билгувчидир ва ҳикмат Соҳибидир.

560-sahifa · 28-juz · 56-hizb560-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَدْbatahqiqбатаҳқиқفَرَضَshariatga kiritdiшариатга киритдиٱللَّهُAllohАллоҳلَكُمْsizlargaсизларгаتَحِلَّةَboʻshatishniбўшатишниأَيْمَـٰنِكُمْ ۚqasamlaringizniқасамларингизниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳمَوْلَىٰكُمْ ۖxojangizdirхожангиздирوَهُوَva Uва Уٱلْعَلِيمُoʻta biluvchiўта билувчиٱلْحَكِيمُoʻta hikmatlidirўта ҳикматлидир
TafsirТафсир

Islom kishilarni koʻp qasam ichishga targʻib qilmaydi. Ammo, qasam ichgandan keyin, uni bajarishni talab etadi. Baʼzi vaqtlarda qasam ichilgan ishni bajargandan koʻra qasamni buzgan afzal boʻlib qoladi. Misol uchun, birov qasam ichib oʻziga biror halol narsani harom qilgan boʻlsa, shariat boʻyicha qasamni buzishga ruxsat beriladi.

«Batahqiq, Alloh sizlarga qasamlaringizni boʻshatishni shariatga kiritdi.»

Lekin qasamni buzgani uchun «kafforot» berishi kerak. «Moida» surasida bayon qilinganidek, qasamning kafforoti oʻnta miskinni toʻydirish yoki kiyintirish, imkoni boʻlsa, bir qul ozod qilish bilan yoki uch kun roʻza tutish bilan amalga oshadi.

«Va Alloh sizning xojangizdir va U oʻta biluvchi va oʻta hikmatlidir.»

Bas, shundoq boʻlgandan keyin, siz Hojangizning amridan chiqmang. Alloh oʻta biluvchilik sifati ila hamma narsani, jumladan qasam masalasidagi qilmishlaringizni ham bilib turadi. U zot Oʻzining oʻta hikmatli sifati ila turli hukmlarni, jumladan, qasamni boʻshatishga oid hukmni joriy qilib qoʻydi.