عَسَىٰ رَبُّهُۥٓ إِن طَلَّقَكُنَّ أَن يُبْدِلَهُۥٓ أَزْوَٰجًا خَيْرًا مِّنكُنَّ مُسْلِمَـٰتٍ مُّؤْمِنَـٰتٍ قَـٰنِتَـٰتٍ تَـٰٓئِبَـٰتٍ عَـٰبِدَٰتٍ سَـٰٓئِحَـٰتٍ ثَيِّبَـٰتٍ وَأَبْكَارًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlarni taloq qilsa, shoyadki, Robbi sizdan yaxshiroq, muslima, mo`mina, itoatli, tavbachi, ibodatli, ro`zador juvon va qizlarni o`rningizga xotin qilib bersa.У сизларни талоқ қилса, шоядки, Робби сиздан яхшироқ, муслима, мўмина, итоатли, тавбачи, ибодатли, рўзадор жувон ва қизларни ўрнингизга хотин қилиб берса.Alauddin Mansour: Ehtimol Parvardigori — agar u sizlarni taloq qilsa — unga sizlardan yaxshiroq juftlarni muslima, moʻmina (Alloh va Uning paygʻambariga) itoat etguvchi, tavba-tazarru qilguvchi, obida (mudom Allohning yoʻlida) ketguvchi juvon va qizlarni almashtirib berur.Эҳтимол Парвардигори — агар у сизларни талоқ қилса — унга сизлардан яхшироқ жуфтларни муслима, мўмина (Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига) итоат этгувчи, тавба-тазарру қилгувчи, обида (мудом Аллоҳнинг йўлида) кетгувчи жувон ва қизларни алмаштириб берур.
Bu oyati karimada barcha ayol zotiga lozim boʻlgan sifatlar zikr qilingan.
Islom hamma yaxshiliklarning asosidir. Muslima ayollar Islomiy sifatlar bilan sifatlangan boʻladilar.
Iymon–iqror, ixlos, qalbdagi sokinlik, obodlik.
Itoat ham qalbiy, ham oʻzgacha turlarda boʻladi.
Tavbachi–gunohlardan qaytuvchi, Allohning amriga, Rasulning sunnatiga qaytuvchi.
Ibodatli–namoz oʻquvchi, zikr tilovat qilib yuruvchi va hokazo ibodatlarni bajaruvchi.
Roʻzadorlik–bu ham ibodatlarning zoʻri sanaladi.
Ayollarimiz mazkur Islomiy sifatlar bilan oʻzlarini ziynatlashga doimo harakat qilmoqlari lozim. Mazkur oyatda tavba va Allohning amriga qaytish maʼnolari boʻlgani uchun kelasi oyatlarda hidoyatga daʼvat, oilada xotin va bola-chaqalar tarbiyasiga eʼtibor berish, ularni Allohning toatiga yoʻllash maʼnolari keladi.