QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tahrim surasi · Oyatсураси · Оят6

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ قُوٓا۟ أَنفُسَكُمْ وَأَهْلِيكُمْ نَارًا وَقُودُهَا ٱلنَّاسُ وَٱلْحِجَارَةُ عَلَيْهَا مَلَـٰٓئِكَةٌ غِلَاظٌ شِدَادٌ لَّا يَعْصُونَ ٱللَّهَ مَآ أَمَرَهُمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! O`zingizni va ahli ayolingizni yoqilg`isi odamlaru toshdan bo`lgan o`tdan saqlang. Uning tepasida qo`pol, darg`azab farishtalar bo`lib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar.Эй, иймон келтирганлар! Ўзингизни ва аҳли аёлингизни ёқилғиси одамлару тошдан бўлган ўтдан сақланг. Унинг тепасида қўпол, дарғазаб фаришталар бўлиб, улар Аллоҳнинг амрига исён қилмаслар ва нимага буюрилсалар, шуни қилурлар.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, sizlar oʻzlaringizni va ahli-oilalaringizni oʻtini odamlar va toshlar boʻlgan doʻzaxdan saqlangizki, u (doʻzax) ustida qattiqdil va qattiqqoʻl, Alloh oʻzlariga buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat oʻzlariga buyurilgan narsani qiladigan farishtalar turur.Эй мўминлар, сизлар ўзларингизни ва аҳли-оилаларингизни ўтини одамлар ва тошлар бўлган дўзахдан сақлангизки, у (дўзах) устида қаттиқдил ва қаттиққўл, Аллоҳ ўзларига буюрган нарсага итоатсизлик қилмайдиган, фақат ўзларига буюрилган нарсани қиладиган фаришталар турур.

560-sahifa · 28-juz · 56-hizb560-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَ(siz) kimlarki(сиз) кимларкиءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларقُوٓا۟saqlangсақлангأَنفُسَكُمْoʻzingizniўзингизниوَأَهْلِيكُمْva ahli ayolingizniва аҳли аёлингизниنَارًۭاoʻtdanўтданوَقُودُهَاuning yoqilgʻisiунинг ёқилғисиٱلنَّاسُodamlarодамларوَٱلْحِجَارَةُva toshdirва тошдирعَلَيْهَاuning tepasidaунинг тепасидаمَلَـٰٓئِكَةٌfarishtalar borфаришталар борغِلَاظٌۭqoʻpolқўполشِدَادٌۭdargʻazabдарғазабلَّاemasэмасيَعْصُونَisyon qilmaslarисён қилмасларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаمَآnimagaнимагаأَمَرَهُمْularga buyurganуларга буюрганوَيَفْعَلُونَva qilurlarва қилурларمَاnimagaнимагаيُؤْمَرُونَbuyurilsalarбуюрилсалар
TafsirТафсир

Bu oyati karimada Alloh taolo moʻmin-musulmon bandalarini, oʻzlarini va ahli ayollarini oxirat otashidan saqlashga buyurmoqda.

«Ey, iymon keltirganlar! Oʻzingizni va ahli ayolingizni yoqilgʻisi odamlaru toshdan boʻlgan oʻtdan saqlang.»

Mazkur oʻtdan saqlash gunohlarni tark etish va toat-ibodat qilish bilan boʻladi. Oxirat otash-olovi bu dunyoning olovidan farq qiladi. Uning yoqilgʻisi odamlardan va toshdan iborat boʻladi. Yaʼni, bu dunyoda iymonga kelmay, gunoh qilib, Allohning amriga boʻysunmay, osiy oʻtgan bandalarning jasadi oʻsha oʻtga yoqilgʻi boʻladi. Faqat inson tanasi oʻzi kuysa, uncha qizimay qolmasin, deb toshni ham qoʻshimcha yoqilgʻi qilinadi. Ehtimol, ushbu oyatlar nozil boʻlgan davrda, toshning yoqilgʻi boʻlishi kishilarning tasavvuriga kelmagandir. Ammo toshkoʻmir chiqqandan keyin tosh qanchalik yuqori issiqlik beruvchi yoqilgʻi ekani hammaga maʼlum boʻldi.

Doʻzaxning yana bir dahshatli tomoni–uning qoʻriqchilari qoʻpol va shafqatsiz farishtalardir.

«Uning tepasida qoʻpol, dargʻazab farishtalar boʻlib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar.»

Ulardan hech kim qochib qutula olmaydi. Shu bilan birga, mazkur farishtalar Alloh taologa mutloq itoatdadirlar, nima amr qilsa, oʻshanga ogʻishmay amal qiladilar.

Ahli ayolini, farzandlarini dindor qilib tarbiyalash oila boshligʻining Alloh taoloning oldidagi burchi ekanligiga ushbu oyati karima yorqin dalildir. Odamlar orasida «Oʻzingni bil, oʻzgani qoʻy», degan nomaʼqul gap yuradi. Lekin shariat boʻyicha, er xotin uchun, ota bolalari uchun ham masʼuldir. Qiyomatda Alloh taoloning huzurida javob beradi. Ushbu oyat maʼnosida hadisi shariflar ham bor.

Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom: Yosh bolani yetti yoshida namoz oʻqishga buyuring, oʻn yoshga yetganda ham oʻqimasa, uring, deganlar.

Hazrati Umar ushbu oyati karima nozil boʻlgandan soʻng:

«Ey Rasululloh, oʻz nafsimizni-ku saqlaymiz, ahlimizni qanday saqlaymiz?»–deb soʻragan ekanlar. Shunda Paygʻambar alayhissalom:

«Alloh sizlarni nimadan qaytargan boʻlsa, ularni ham qaytarasizlar. Alloh sizlarni nimaga buyursa, ularni ham buyurasizlar. Ana oʻsha, ularni oʻtdan saqlash boʻladi», deb javob berganlar.

Hazrati Ali: «Oʻzingizga va ahlingizga yaxshilikni taʼlim beringlar va ularni odobli qilinglar», deb aytganlar.

Hadisi sharifda Paygʻambarimiz alayhissalom: «Ey ahlim, namoz oʻqing, roʻza tuting, zakot bering, miskinlarga, yetimlarga, qoʻshnilarga yaxshilik qiling, shoyad, Alloh sizlarni jannatda birga qilsa, degan odamga Allohning rahmati boʻlsin», deganlar.

Demak, har birimiz xotinimiz, oʻgʻlimiz, qizimizni, oila aʼzolarimizning barchalarini dinga daʼvat qilishimiz, diniy ahkomlarni doimo oʻz vaqtida bajarishlarini qatʼiyat bilan talab qilib turishimiz kerak. Agar yuqoridagi amrlarga amal qilinmasa, oqibati nima boʻlishini kelasi oyat vasflaydi.