QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mulk surasi · Oyatсураси · Оят12

إِنَّ ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِٱلْغَيْبِ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ كَبِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, o`z Robbilaridan g`oyibdan qo`rqadiganlar uchun gunohlarini kechish va ulkan ajr-savoblar bordir.Албатта, ўз Роббиларидан ғойибдан қўрқадиганлар учун гуноҳларини кечиш ва улкан ажр-савоблар бордир.Alauddin Mansour: Albatta gʻaybdagi (koʻzlariga koʻrinmaydigan) Parvardigorlaridan qoʻrqadigan zotlar uchun magʻfirat va katta ajr-mukofot bordir.Албатта ғайбдаги (кўзларига кўринмайдиган) Парвардигорларидан қўрқадиган зотлар учун мағфират ва катта ажр-мукофот бордир.

562-sahifa · 29-juz · 57-hizb562-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَu kimsalarkiу кимсаларкиيَخْشَوْنَqoʻrqadilarқўрқадиларرَبَّهُمoʻz Robbilaridanўз Роббилариданبِٱلْغَيْبِgʻoyibdan (koʻrmay turib)ғойибдан (кўрмай туриб)لَهُمular uchunулар учунمَّغْفِرَةٌۭmagʻfirat (gunohlarini kechish)мағфират (гуноҳларини кечиш)وَأَجْرٌۭva ajr-savobва ажр-савобكَبِيرٌۭulkanулкан
TafsirТафсир

Qurʼondagi, umuman, Islom dinidagi bir tushuncha, yaʼni Alloh taolodan qoʻrqish maʼnosi bizning tushunchamizdagi qoʻrqoqlikdan tubdan farq qiladi. Bu dunyoviy qoʻrqoqlik musulmonga xos narsa emasligi oyat va hadislarda taʼkidlab aytilgan. Alloh taolodan qoʻrqish esa, uni ulugʻlash bilan boʻladi. Bu qoʻrquv bandalarni katta gunohlardan qaytaradi. Bu qoʻrqoqlik kishiga uni nazorat qiluvchi Zot borligini eslatib turadi va uning oxirati uchun ulugʻ bir neʼmat tayyorlaydi. Bu dunyodagi zohiriy qoʻrqoqlik oxirat ishi uchun boʻlgan botiniy qoʻrqoqlikka sira-sira tenglashtirilmaydi.

Foyibona qoʻrqish yana quyidagicha maʼnolarga ega:

1. Alloh taoloni koʻrmasdan turib Unga ishonish va toat-ibodatda yurish.

2. Koʻrinmay turgan azobdan ehtiyot boʻlish.

3. Odamlardan gʻoyibona–chetda, xoli joyda ham Alloh taolodan qoʻrqish.

Odatda, kishilar orasida hamma oʻz dindorligini namoyish qilishga urinadi. Haqiqiy dindor esa, oʻzi yolgʻiz qolganda, uzun tunlar uxlamay, koʻp ibodat qiladi. Bu oyatdagi gʻoyibona qoʻrqishda mazkur maʼnolar nazarda tutilyapti. Sahar turib ibodat qil, borib goʻringda rohat qil, degan hikmat bekorga aytilmagan.

Oʻzini Alloh taoloning bandasi hisoblagan har bir shaxs Undan doimo qoʻrqishi kerak.