وَأَسِرُّوا۟ قَوْلَكُمْ أَوِ ٱجْهَرُوا۟ بِهِۦٓ ۖ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va siz so`zingizni sir tutasizmi yoki oshkora aytasizmi, albatta, U ko`ngillardagini ham bilguvchi Zotdir.Ва сиз сўзингизни сир тутасизми ёки ошкора айтасизми, албатта, У кўнгиллардагини ҳам билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: (Ey insonlar), sizlar soʻzlaringizni yashiringlar yoki oshkora qilinglar (har holda Alloh bilib turur). Albatta U dillardagi sirlarni bilguvchidir.(Эй инсонлар), сизлар сўзларингизни яширинглар ёки ошкора қилинглар (ҳар ҳолда Аллоҳ билиб турур). Албатта У диллардаги сирларни билгувчидир.
Tafsirchilar bu oyati karimaning nozil boʻlish sababi haqida shunday rivoyat qiladilar: Baʼzi kofirlar oʻzaro suhbatlarida Muhammad sollallohu alayhi vasallamga qarshi gaplarni gapirayotganlarida, «Sekinroq gapiringlar, Muhammadning Xudosi eshitib qolmasin», der ekanlar. Qurʼoni Karim ularning kaltafahmliligini shu oyat bilan rad etgan.
Alloh taolo insonning barcha sirlarini, jumladan, qalbidagi narsalarni ham bilib turishi haqidagi bu tushuncha inson qalbiga Alloh taolodan qoʻrqib turish hissini soladi. Bu esa, yuqorida taʼkidlaganimizdek, barcha gunohlardan chetda boʻlishga chorlaydi.