أَوَلَمْ يَرَوْا۟ إِلَى ٱلطَّيْرِ فَوْقَهُمْ صَـٰٓفَّـٰتٍ وَيَقْبِضْنَ ۚ مَا يُمْسِكُهُنَّ إِلَّا ٱلرَّحْمَـٰنُ ۚ إِنَّهُۥ بِكُلِّ شَىْءٍۭ بَصِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Tepalarida (qanotlarini) yoyib va yig`ib (uchayotgan) qushni ko`rmaydilarmi? Ularni Rohmandan boshqa ushlab turuvchi yo`q. Albatta, U barcha narsani ko`ruvchidir.Тепаларида (қанотларини) ёйиб ва йиғиб (учаётган) қушни кўрмайдиларми? Уларни Роҳмандан бошқа ушлаб турувчи йўқ. Албатта, У барча нарсани кўрувчидир.Alauddin Mansour: Ular ustlarida (qanotlarini) yoyguvchi boʻlgan va yiqqan holda (uchib yurgan) qushlarni koʻrmadilarmi?! U (qush)larni yolgʻiz Rahmongina (samoda) ushlab turar! Albatta U barcha narsani koʻrib turguvchidir.Улар устларида (қанотларини) ёйгувчи бўлган ва йиққан ҳолда (учиб юрган) қушларни кўрмадиларми?! У (қуш)ларни ёлғиз Раҳмонгина (самода) ушлаб турар! Албатта У барча нарсани кўриб тургувчидир.
Boshqa maxluqotlar qatori qush ham Alloh taolo qudratining yorqin dalilidir. Uning boshqa jonliqlardan farq qilib, cheksiz osmonda soatlab uchishining oʻziyoq alohida moʻʼjiza. Shuning uchun ham, oyatda qushning uchishiga eʼtibor tortilmoqda.