أَمَّنْ هَـٰذَا ٱلَّذِى يَرْزُقُكُمْ إِنْ أَمْسَكَ رِزْقَهُۥ ۚ بَل لَّجُّوا۟ فِى عُتُوٍّ وَنُفُورٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U rizqni tortib qo`ysa, sizga rizq beradigan kim o`zi?! Balki ular abadiy tug`yonda va haqdan nafratda bo`lurlar.У ризқни тортиб қўйса, сизга ризқ берадиган ким ўзи?! Балки улар абадий туғёнда ва ҳақдан нафратда бўлурлар.Alauddin Mansour: Agar (Rahmon) Oʻz rizqini ushlab-toʻxtatib qoʻysa, sizlarga rizq-roʻz beradigan oʻsha zot kim oʻzi?! (Allohdan oʻzga biron rizq-roʻz berguvchi yoʻqdir). Yoʻq, ular (kofirlar) katta ketishda va (haqdan) yiroqlashishda davom etdilar.Агар (Раҳмон) Ўз ризқини ушлаб-тўхтатиб қўйса, сизларга ризқ-рўз берадиган ўша зот ким ўзи?! (Аллоҳдан ўзга бирон ризқ-рўз бергувчи йўқдир). Йўқ, улар (кофирлар) катта кетишда ва (ҳақдан) йироқлашишда давом этдилар.
Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam kofirlarga: «Alloh taolo rizqni tortib qoʻyishga qodir zot», desalar, ular: «Bizning sanamlarimiz rizq beradi», deyishgan ekan. Shunda yuqoridagi oyat nozil boʻlgan.
Moʻminlar bilan mushriklar oʻrtasidagi tortishuvlardan maqsad, kim toʻgʻri yoʻlda ekanini isbotlash edi. Toʻgʻri yoʻlni quyidagi oyat koʻrsatadi: