ثُمَّ ٱرْجِعِ ٱلْبَصَرَ كَرَّتَيْنِ يَنقَلِبْ إِلَيْكَ ٱلْبَصَرُ خَاسِئًا وَهُوَ حَسِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ng takror-takror nazar sol, nazar senga istaganini topa olmay, horib-charchagan holda qaytadir.Сўнг такрор-такрор назар сол, назар сенга истаганини топа олмай, ҳориб-чарчаган ҳолда қайтадир.Alauddin Mansour: Soʻngra koʻzingizni qayta-qayta (samoga) qaytaring, koʻzingiz sizga charchab, holdan toygan holda qaytur (ammo Alloh taolo yaratgan osmonlardan biron ayb-nuqson topa olmas).Сўнгра кўзингизни қайта-қайта (самога) қайтаринг, кўзингиз сизга чарчаб, ҳолдан тойган ҳолда қайтур (аммо Аллоҳ таоло яратган осмонлардан бирон айб-нуқсон топа олмас).
Yaʼni, qancha tikilib qarasang ham, bepoyon osmonning tuzilishidan zarracha ayb topa olmaysan. Ayb toparmikanman, deb qilgan umiding puchga chiqadi. Nazar horib-charchab, hech kamchilik topa olmay oʻzingga qaytadi.
Bu Qurʼoniy tushuncha bekamu koʻst ekanligi bugun qayta-qayta isbotlanmoqda. Elektron teleskoplar yordamida narsalarni 900 ming marta katta qilib va millionlab metr yaqinlashtirib kuzatayotgan olimlar Alloh taoloning yaratuvchilik qudrati oldida tiz choʻkib, bosh egdilar. Koʻplari iymonga kelishdi va kelmoqda. Noshukr bandalar esa, hamon zalolatda.