وَلَقَدْ زَيَّنَّا ٱلسَّمَآءَ ٱلدُّنْيَا بِمَصَـٰبِيحَ وَجَعَلْنَـٰهَا رُجُومًا لِّلشَّيَـٰطِينِ ۖ وَأَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابَ ٱلسَّعِيرِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va darhaqiqat, Biz yaqin osmonni chiroqlar bilan ziynatlab qo`ydik va u(chiroq)larni shaytonlarga otiladigan narsa ham qilib qo`ydik. Va u(shayton)larga olovi qizib turgan jahannamni tayyorlab qo`ydik.Ва дарҳақиқат, Биз яқин осмонни чироқлар билан зийнатлаб қўйдик ва у(чироқ)ларни шайтонларга отиладиган нарса ҳам қилиб қўйдик. Ва у(шайтон)ларга олови қизиб турган жаҳаннамни тайёрлаб қўйдик.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz eng yaqin osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik va ularni shaytonlarga otiladigan toshlar qilib qoʻydik. Biz ular (shaytonlar) uchun (Oxiratdagi) olov-doʻzax azobini ham tayyorlab qoʻygandirmiz.Дарҳақиқат, Биз энг яқин осмонни чироқлар (юлдузлар) билан безадик ва уларни шайтонларга отиладиган тошлар қилиб қўйдик. Биз улар (шайтонлар) учун (Охиратдаги) олов-дўзах азобини ҳам тайёрлаб қўйгандирмиз.
Bu oyati karima nazarimizni osmonning jamoliga jalb etadi. Haqiqatan, qorongʻu kechadagi yulduzli osmonning koʻrinishi koʻp ajoyib, sehrli. Ayniqsa, sahroda, dengizda va shu kabi ochiq joylarda ketayotgan kishilar uchun bu manzara yaqqol koʻrinadi. Shu bilan birga, mazkur yulduzlar shaytonlarga otiladigan uchqunlarning ham manbasidir. Janobi Paygʻambarimiz Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam davrlarida arab folbinlari, bizning shaytonlarimiz osmonga chiqib, gʻoyibdagi narsalarni bilib beradi, deb maqtanar edilar. Qurʼoni Karim buni rad etib, bu dunyoda shaytonlarni yulduzlardan ajrab chiqqan uchqunlar quvib haydashini, u dunyoda esa, ularga Alloh taolo jahannam azobini tayyorlab qoʻyganini taʼkidlamoqda.
Ushbu azob kimlarga ekanligi kelgusi oyatda aniq bayon qilinadi.