QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qalam surasi · Oyatсураси · Оят1

نٓ ۚ وَٱلْقَلَمِ وَمَا يَسْطُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nuun. Qalam bilan va satrlarga yozadigan narsalar bilan qasam.Нуун. Қалам билан ва сатрларга ёзадиган нарсалар билан қасам.Alauddin Mansour: Nun. Qalam va (u bilan farishtalar) bitadigan bitiklarga qasamki,Нун. Қалам ва (у билан фаришталар) битадиган битикларга қасамки,

564-sahifa · 29-juz · 57-hizb564-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
نٓ ۚNuunНуунوَٱلْقَلَمِva qalam bilan qasamва қалам билан қасамوَمَاva narsalar bilanва нарсалар биланيَسْطُرُونَular satrlarga yozadiganулар сатрларга ёзадиган
TafsirТафсир

Qurʼoni Karimning bir necha suralari alifbo harflarining baʼzisi yoki bir nechasi bilan boshlangan. Ulamolar bularni «Hijo» (alifbo) harflari, «Muqattaʼa» (kesilgan) harflar va boshqa nomlar bilan ham ataydilar. Asosan, «hijo» harflari bilan boshlangan suralar Makka suralaridir. «Baqara» surasigina, Madiynada nozil boʻlgan boʻlsa ham mazkur harflar bilan boshlangan.

Ulamolarimiz bu harflarning tafsiri haqida koʻplab fikrlarni aytganlar. Biz esa, eng kuchli va koʻpchilik ittifoq qilgan fikrnigina olamiz.

Alloh taolo Qurʼonning bir necha suralarini alifboning baʼzi harflari bilan boshlashining hikmati mushriklarga tanbeh berishdir. Xuddi, ularga: «Ey, kofirlar, Qurʼon ham sizlarning alifboingizdagi harflardan tashqari narsani ishlatmaydi. Lekin ilohiy kitob boʻlgani uchun, hammangizni ojiz qoldirmoqda, agar unga ishonmasangiz, ushbu harflarni ishlatib, siz ham Qurʼonga oʻxshash narsa keltiring-chi?!» degandek xitob bu. Ularning (mushriklarning) esa, bundan ojiz ekanliklari sobit boʻlgan.

Soʻngra Alloh taolo qalam bilan qasam ichadi.

«Qalam» surasi eng avval tushgan suralardan biridir. Oʻsha paytda Arabiston yarim orolida oʻqishni, yozishni, qalam tutishni biladigan odam deyarli yoʻq edi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oʻzlari ham oʻqib-yozgan, qoʻllarida qalam tutgan emas edilar. Lekin Qurʼonning dastlabki tushgan suralaridan birida oʻqish-yozish va ilm-maʼrifat boshlanmasi, qalam bilan qasam ichilishining oʻzi bir moʻʼjizadir. Bu hol Qurʼon ilm kitobi ekanining, Islom ilm dini ekanining, Muhammad sollallohu alayhi vasallam ilm Paygʻambari ekanliklarining yorqin dalilidur.

Lekin oyatda qasam faqat qalam bilan cheklanib qolgani yoʻq, balki Alloh taolo satrlarga yoziladigan narsalar bilan ham qasam ichgan. Mana, bizning zamonamizga kelib qalamdan boshqa yozuv qoʻllanmalari ham chiqdi. Masalan, yozuv mashinalari, bosmaxonalar, EHMlar va hokazo. Albatta, ilm-fanning tarqalishida, kitob, roʻznoma va majallalar chop etilishida yuqoridagi qayd etilgan qoʻllanmalarning oʻrni katta. Lekin buning bashorati 14 asr ilgari, savodsiz jamiyatda eʼlon qilinishi ilohiy moʻʼjiza emasmi? Islom ilohiy din ekanining yaqqol dalili emasmi?! Qalam va yozish bilan qasam ichilishi musulmonlar uchun oʻqish- yozish, ilm-maʼrifatga katta eʼtibor berishga chaqiriqdir.

Ey Paygʻambar!