مَآ أَنتَ بِنِعْمَةِ رَبِّكَ بِمَجْنُونٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen Robbing ne'mati ila majnun emassan.Сен Роббинг неъмати ила мажнун эмассан.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz Parvardigoringizning marhamati bilan majnun emasdirsiz.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз Парвардигорингизнинг марҳамати билан мажнун эмасдирсиз.
Alloh taolodan vahiy kela boshlab, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Paygʻambar boʻlganlaridan soʻng ul zot kishilarni Islom diniga chaqira boshladilar. Hidoyatga yoʻllanganlar iymon keltirib musulmon boʻldilar. Lekin koʻpchilik kofirligi boʻyicha qoldi va baʼzilar ochiq dushmanlik yoʻliga ham oʻtdilar. Ular Paygʻambar alay- hissalom va musulmonlarga qarshi turli uslublarni qoʻllar edilar. Jumladan, yolgʻon va boʻhtondan iborat gap-soʻzlarni toʻqib chiqarar edilar. Odamlarni Paygʻambar alayhissalomdan bezdirish uchun, Muhammad jinni boʻlibdi, uning gaplariga ishonmanglar, degan boʻhtonni tarqatganlar. Alloh taolo bu oyatda boʻhtonni inkor qilmoqda va kelasi oyatda Paygʻambarga tasalli berib aytadiki:
Ey Paygʻambar!