QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qalam surasi · Oyatсураси · Оят3

وَإِنَّ لَكَ لَأَجْرًا غَيْرَ مَمْنُونٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va albatta, senga minnat qilinmaydigan ajr bordur.Ва албатта, сенга миннат қилинмайдиган ажр бордур.Alauddin Mansour: Albatta siz uchun (kofirlarning bunday ozorlariga sabr-toqat qilganingiz sababli) bitmas-tuganmas ajr mukofot bordir.Албатта сиз учун (кофирларнинг бундай озорларига сабр-тоқат қилганингиз сабабли) битмас-туганмас ажр мукофот бордир.

564-sahifa · 29-juz · 57-hizb564-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنَّva albattaва албаттаلَكَsengaсенгаلَأَجْرًاalbatta ajr (bordur)албатта ажр (бордур)غَيْرَboʻlmaganбўлмаганمَمْنُونٍۢminnat qilinadiganминнат қилинадиган
TafsirТафсир

Bu oyati karima Paygʻambar alayhissalom uchun katta bahodir. Avvalo, oʻtga oyatda Alloh taolo u zotga «Robbing» deb Oʻz ismi sharifiga qoʻshib xitob qilgan edi. Endi esa, u kishining xulqlarini ulugʻlik bilan sifatlamoqda. Oisha onamizdan u kishining xulqlari haqida soʻrashganda, «Xulqlari Qurʼon edi», deb javob berganlar. Yaʼni Muhammad alayhissalom Qurʼondagi oliy xulqlar bilan xulqlanganlar. Ul zot sollallohu alayhi vasallam Qurʼondagi barcha yaxshi odob-axloqni oʻzlariga singdirganlar.

Paygʻambarimiz alayhissalomning oʻzlari «Men yaxshi xulqlarni batamom qilish uchun yuborilganman», deganlar.

Boshqa bir hadislarida esa: «Kishi yaxshi xulqi bilan kunduzni roʻza tutib, kechasini namoz oʻqib oʻtkazadiganlar darajasiga yetadi», deganlar.

Umuman, odob, axloh, yaxshi xulqga Islomda katta eʼtibor berilgan. Mazkur oyat ham shulardan biridir.

«Va albatta, sen ulkan xulqdasan», degan xitob bilan Alloh taolo Oʻzining mahbub Paygʻambarining naqadar chiroyli axloq egasi ekanliklarini taʼkidlamoqda.

Bu oyat tafsirini sharhlab imom Ahmad ibn Hanbal shunday rivoyat qiladilar: Oisha onamiz: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech qachon na qoʻl ostidagi xodimni va na xotinni urmaganlar. Jihoddan boshqa joyda hech narsani qoʻllari bilan urmaganlar. Ikki ishdan birini tanlaydigan boʻlsalar, gunoh boʻlmasa, albatta osonini tanlardilar. Agar gunoh ish boʻlsa, undan uzoqda boʻlardilar. Oʻzlari uchun hech qachon intiqom (oʻch) olmaganlar. Agar Alloh harom qilgan narsalar sodir qilinsagina, Alloh uchun intiqom olganlar», deganlar.

Xullas, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning xulqlari haqida har qancha gapirilsa oz. Mazkur oyatning oʻzi hamma narsadan ustundir.