QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qalam surasi · Oyatсураси · Оят14

أَن كَانَ ذَا مَالٍ وَبَنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Moli va o`g`illari ko`p bo`lganidan.Моли ва ўғиллари кўп бўлганидан.Alauddin Mansour: U mol-mulk va oʻgʻillar egasi boʻlgani uchun (oʻzidan ketib),У мол-мулк ва ўғиллар эгаси бўлгани учун (ўзидан кетиб),

564-sahifa · 29-juz · 57-hizb564-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَنsababli (…gani uchun)сабабли (…гани учун)كَانَboʻlganбўлганذَاegasiэгасиمَالٍۢmolмолوَبَنِينَva oʻgʻillarва ўғиллар
TafsirТафсир

Demak, Qurʼonga ishonmaslik katta gunoh. Tafsirchilarning aksariyati yuqoridagi oyatlarda zikr qilingan gunohkor–Valid ibn Mugʻiyra degan mushrik, deydilar. Rivoyatlarda zikr qilinishicha, mazkur oyati karimalar nozil boʻlgandan soʻng Valid ibn Mugʻiyra onasining huzuriga borib, Muhammadning Xudosi meni oʻnta sifat bilan ayblabdi, shundan toʻqqiztasi oʻzimda borligi aniq, lekin otam kimligini oʻzim bilmayman, sen aytib ber, degan. Shunda onasi, senga rostini aytay, sen otam deb yurgan odamning erkakligi yoʻq edi. Farzandsiz oʻtsam, uning merosidan quruq qolishdan qoʻrqib, sahrodagi choʻpon bilan zino qilganman, sen oʻsha choʻpondan boʻlgansan, degan.