إِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِ ءَايَـٰتُنَا قَالَ أَسَـٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bizning oyatlarimiz unga o`qilgan paytda, avvalgilarning afsonalari, der.Бизнинг оятларимиз унга ўқилган пайтда, аввалгиларнинг афсоналари, дер.Alauddin Mansour: qachon unga Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Bular avvalgilarning afsonalari-ku!», der.қачон унга Бизнинг оятларимиз тиловат қилинса: «Булар аввалгиларнинг афсоналари-ку!», дер.
Demak, Qurʼonga ishonmaslik katta gunoh. Tafsirchilarning aksariyati yuqoridagi oyatlarda zikr qilingan gunohkor–Valid ibn Mugʻiyra degan mushrik, deydilar. Rivoyatlarda zikr qilinishicha, mazkur oyati karimalar nozil boʻlgandan soʻng Valid ibn Mugʻiyra onasining huzuriga borib, Muhammadning Xudosi meni oʻnta sifat bilan ayblabdi, shundan toʻqqiztasi oʻzimda borligi aniq, lekin otam kimligini oʻzim bilmayman, sen aytib ber, degan. Shunda onasi, senga rostini aytay, sen otam deb yurgan odamning erkakligi yoʻq edi. Farzandsiz oʻtsam, uning merosidan quruq qolishdan qoʻrqib, sahrodagi choʻpon bilan zino qilganman, sen oʻsha choʻpondan boʻlgansan, degan.