QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qalam surasi · Oyatсураси · Оят16

سَنَسِمُهُۥ عَلَى ٱلْخُرْطُومِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Tezda uning tumshug`iga belgi qo`yamiz.Тезда унинг тумшуғига белги қўямиз.Alauddin Mansour: Yaqinda Biz uni tumshugʻidan tamgʻalab qoʻyajakmiz!Яқинда Биз уни тумшуғидан тамғалаб қўяжакмиз!

564-sahifa · 29-juz · 57-hizb564-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
سَنَسِمُهُۥtezda unga belgi qoʻyamizтезда унга белги қўямизعَلَىustigaустигаٱلْخُرْطُومِtumshugʻiтумшуғи
TafsirТафсир

Avval taʼkidlaganimizdek, bu oyatlar Islomning avvalida tushgan. Bir necha yil oʻtib Madiynai Munavvara yaqinidagi Badr nomli joyda boʻlib oʻtgan jangda Valid ibn Mugʻiyraning burniga qilich tegdi va oʻlguncha bu jarohat unga belgi boʻlib yurdi. Shunday qilib, Allohning vaʼdasi roʻyobga chiqdi.

Yuqoridagi oyatlarda koʻp mol va farzand sababidan gʻururga ketishning zikri boʻlgani uchun, kelgusi oyatlarda Alloh taolo shu boradagi bir qissani eslatib oʻtadi.

Bir solih kishi oʻtgan ekan. Uning serhosil bogʻi bor ekan. Meva teradigan kuni beva-bechora, kambagʻal muhtojlarni chaqirib, ularga xayr-ehson qilar ekan. U kishi ajali yetib olamdan oʻtgandan soʻng, uning oʻgʻillari otasining izidan borishmabdi. Otasi ehson beradigan kambagʻal, beva-bechoralarga endi hech narsa bermaslikka maslahat qilib, otalaridan qolgan bogʻ mevasini miskinlar kelmasdan avval, erta tongda, maxfiy ravishda terib olishga qaror qilibdilar. Niyatlari buzilgani uchun, Alloh taolo ularga oʻz jazosini yuboribdi. Kechasi bogʻga ofat kelib, hamma mevalar nobud boʻlibdi. Beva-bechoralarni mahrum qilmoqchi boʻlganlarning oʻzi rizqdan mahrum boʻlib qolibdi.