إِنَّا بَلَوْنَـٰهُمْ كَمَا بَلَوْنَآ أَصْحَـٰبَ ٱلْجَنَّةِ إِذْ أَقْسَمُوا۟ لَيَصْرِمُنَّهَا مُصْبِحِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz ularni bog` egalarini sinaganimizdek sinab ko`rdik. Vaqtiki, erta tongda terib olamiz, deb qasam ichdilar.Албатта, Биз уларни боғ эгаларини синаганимиздек синаб кўрдик. Вақтики, эрта тонгда териб оламиз, деб қасам ичдилар.Alauddin Mansour: Darhaqihat, Biz ularni (Makka ahlini ocharchilik va qahatchilik bilan) baloladik. Biz (ilgari) bogʻ egalarini ham xuddi shunday (mahrumlik bilan) balolagan edik. Oʻshanda ular albatta uni (yaʼni, bogʻning hosilini) erta tongda uzib olishga qasam ichgan edilar.Дарҳақиҳат, Биз уларни (Макка аҳлини очарчилик ва қаҳатчилик билан) балоладик. Биз (илгари) боғ эгаларини ҳам худди шундай (маҳрумлик билан) балолаган эдик. Ўшанда улар албатта уни (яъни, боғнинг ҳосилини) эрта тонгда узиб олишга қасам ичган эдилар.
Yaʼni, Biz Makka mushriklarini xuddi oʻtgan zamondagi bogʻ egalarini sinab koʻrganimizdek, sinadik. Ularga qahatchilik, ochlik yuborib, neʼmatning shukrini qilmasalar, yomon holga tushishlarini eslatdik. Mana, eʼtibor berib oʻrgansinlar-a, bogʻ egalariga nima boʻlgan edi.
«Vaqtiki, erta tongda terib olamiz, deb qasam ichdilar.»
Yaʼni, bogʻ egalari, otalaridan merosga qolgan bogʻning egalari boʻlmish aka-ukalar, bogʻning mevasini kambagʻallarga koʻrsatmay erta tongda terib olamiz, deb qasam ichdilar.