وَلَا يَسْتَثْنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va istisno qilmadilar.Ва истисно қилмадилар.Alauddin Mansour: (Kambagʻal-miskinlarga haq-ulush) ajratmagan hollarida (uzib olishga qasam ichgan edilar).(Камбағал-мискинларга ҳақ-улуш) ажратмаган ҳолларида (узиб олишга қасам ичган эдилар).
Yaʼni, oʻsha bogʻ egalari «Inshoalloh»–Alloh xohlasa, deb aytmadilar. Aksincha, hammasini terib olamiz, dedilar, kambagʻallarning haqqi bundan istisno, uni ajratib qoʻyamiz, demadilar.
Alloh taolo bandalarini ikki xil yoʻl bilan sinab koʻradi. Baʼzida sinov musiybat yetkazish bilan boʻlsa, baʼzida nozu neʼmatni behisob berish bilan boʻladi. Bu qissadagi bogʻ egalariga Alloh taolo katta neʼmat bergan edi. Ular shukr qilib, otalari qilgan ishni davom ettirish oʻrniga bechoralarning rizqini qirqishga oʻtdilar. Fururga ketdilar. Oqibatda: