أَن لَّا يَدْخُلَنَّهَا ٱلْيَوْمَ عَلَيْكُم مِّسْكِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bugun siz boringizda u(bog`)ga miskin kira ko`rmasin, deb.Бугун сиз борингизда у(боғ)га мискин кира кўрмасин, деб.Alauddin Mansour: «Bugun u (bogʻda hosil uzayotgan vaqtda) ustlaringizga biron miskin kirib qolmasin-da».«Бугун у (боғда ҳосил узаётган вақтда) устларингизга бирон мискин кириб қолмасин-да».
Yaʼni, kambagʻallar eshitib qolmasin, degan maqsadda shivirlashib gaplashib ketdilar.
Ushbu oyatlar qisqa boʻlishiga qaramay, Qurʼoni Karimdagi qissa uslubi qanchalar moʻʼjizakor ekanligini isbot qilmoqda. Bu uslubdan har qanday adib dars olsa, kam boʻlmaydi.
Bogʻ egalarining niyatlari buzildi. Bogʻ mevasini ertalab hech kimga koʻrsatmay terib olamiz, deb qasam ichishdi. Alloh xohlasa, ham demadilar, kambagʻallarning haqqini ajratib beramiz, ham demadilar.
Shuning uchun, Alloh taolo kechasi ular uxlab yotganlarida balo- ofat yuborib, bogʻni mevasi terib olinganga oʻxshatib qoʻydi.
Bogʻ egalari bundan bexabar. Ular sahar turib, birov bilib qolmasin, degan niyatda pichirlab, qani, endi bogʻga ketdik, terib oladigan boʻlsak, teraylik, deb yurib ketdilar. Ularning ochkoʻzligi oʻz taʼsirini oʻtkazib, ichlaridagini tashlariga chiqarib, bogʻga miskin kira koʻrmasin, deb taʼkidlab ham qoʻyishdi.
Kelgusi oyatlarda ularning bogʻga kirib borishlari va u yerdagi holatlari vasf qilinadi.