سَلْهُمْ أَيُّهُم بِذَٰلِكَ زَعِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ra ulardan, qay birlari bu narsaga kafil ekan?Сўра улардан, қай бирлари бу нарсага кафил экан?Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ulardan soʻrang-chi, qaysilari bunga (yaʼni, oʻzlarining puch daʼvolarining haq ekanligiga) kafil boʻla olar ekanlar?!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), улардан сўранг-чи, қайсилари бунга (яъни, ўзларининг пуч даъволарининг ҳақ эканлигига) кафил бўла олар эканлар?!
Bu oyatdagi «sheriklar» lafzi ikki xil maʼnoni anglatadi. Shunga binoan, oyatning maʼnosi ham ikki xil boʻladi.
Birinchisi, «sheriklar»dan murod–but-sanamlar. Yaʼni, oʻsha, oxiratda musulmonlar boshqalar bilan bir xilda boʻladi, deb eʼtiqod qilayotganlarning but-sanamlari shuni oʻrgatgan boʻlsa, ularni olib kelishsin.
Ikkinchisi, «sheriklar»dan murod mazkur eʼtiqoddagi (butlarga sigʻinuvchi) boshqa mushriklar boʻlsa, ularni olib kelsinlar.
Hozirgi kundagi koʻplab moldor, mansabdor kishilar oʻzlarini xuddi yuqoridagi oyatlarda vasf qilingan mushriklarga oʻxshab tutadilar. Ularning gap-soʻzlari, ishlariga qarab, bularning «qiyomatda albatta jannatga tushasan» degan hujjatlari bormikan, deb oʻylaydi kishi. Aslida esa, ularda gʻurur, maqtanish, dunyoga berilish va oxiratni unutishdan boshqa hech narsa yoʻq. Ular hayotda barcha narsani molu dunyo yordamida qilib yurib, molu dunyo boʻlsa, hamma narsani qilish, hamma narsaga erishish mumkin, deb oʻylashadi.
Holbuki, oxiratda haromdan topgan molu dunyolari oʻzlarining boshlariga yetgan balo boʻladi. U paytdagi hukm insonning iymon va eʼtiqodi, bu dunyoda qilgan yaxshi amallariga qarab chiqariladi. Shuning uchun ham, kelasi oyatda oʻshandoq magʻrurlanib yuruvchilarning qiyomatda qandoq boʻlishining vasfi keladi.