QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qalam surasi · Oyatсураси · Оят41

أَمْ لَهُمْ شُرَكَآءُ فَلْيَأْتُوا۟ بِشُرَكَآئِهِمْ إِن كَانُوا۟ صَـٰدِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki ularning sheriklari bormikin, agar rostgo`y bo`lsalar, o`sha sheriklarini ham olib kelsinlar.Ёки уларнинг шериклари бормикин, агар ростгўй бўлсалар, ўша шерикларини ҳам олиб келсинлар.Alauddin Mansour: Balki ularning (bu daʼvolarini tasdiqlaydigan) sheriklari bordir?! U holda rostgoʻy boʻlsalar oʻsha sheriklarini keltirsinlar!Балки уларнинг (бу даъволарини тасдиқлайдиган) шериклари бордир?! У ҳолда ростгўй бўлсалар ўша шерикларини келтирсинлар!

565-sahifa · 29-juz · 57-hizb565-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْyokiёкиلَهُمْularningуларнингشُرَكَآءُsheriklari bormikinшериклари бормикинفَلْيَأْتُوا۟bas, olib kelsinlarбас, олиб келсинларبِشُرَكَآئِهِمْsheriklariniшериклариниإِنagarагарكَانُوا۟boʻlsalarбўлсаларصَـٰدِقِينَrostgoʻyростгўй
TafsirТафсир

Bu oyatdagi «sheriklar» lafzi ikki xil maʼnoni anglatadi. Shunga binoan, oyatning maʼnosi ham ikki xil boʻladi.

Birinchisi, «sheriklar»dan murod–but-sanamlar. Yaʼni, oʻsha, oxiratda musulmonlar boshqalar bilan bir xilda boʻladi, deb eʼtiqod qilayotganlarning but-sanamlari shuni oʻrgatgan boʻlsa, ularni olib kelishsin.

Ikkinchisi, «sheriklar»dan murod mazkur eʼtiqoddagi (butlarga sigʻinuvchi) boshqa mushriklar boʻlsa, ularni olib kelsinlar.

Hozirgi kundagi koʻplab moldor, mansabdor kishilar oʻzlarini xuddi yuqoridagi oyatlarda vasf qilingan mushriklarga oʻxshab tutadilar. Ularning gap-soʻzlari, ishlariga qarab, bularning «qiyomatda albatta jannatga tushasan» degan hujjatlari bormikan, deb oʻylaydi kishi. Aslida esa, ularda gʻurur, maqtanish, dunyoga berilish va oxiratni unutishdan boshqa hech narsa yoʻq. Ular hayotda barcha narsani molu dunyo yordamida qilib yurib, molu dunyo boʻlsa, hamma narsani qilish, hamma narsaga erishish mumkin, deb oʻylashadi.

Holbuki, oxiratda haromdan topgan molu dunyolari oʻzlarining boshlariga yetgan balo boʻladi. U paytdagi hukm insonning iymon va eʼtiqodi, bu dunyoda qilgan yaxshi amallariga qarab chiqariladi. Shuning uchun ham, kelasi oyatda oʻshandoq magʻrurlanib yuruvchilarning qiyomatda qandoq boʻlishining vasfi keladi.