QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qalam surasi · Oyatсураси · Оят42

يَوْمَ يُكْشَفُ عَن سَاقٍ وَيُدْعَوْنَ إِلَى ٱلسُّجُودِ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Boldirlar shimarilgan kunida va ular sajdaga chaqirilganda, qodir bo`lmaslar.Болдирлар шимарилган кунида ва улар саждага чақирилганда, қодир бўлмаслар.Alauddin Mansour: Boldirlar ochiladigan (yaʼni, ogʻir hisob-kitobga chogʻlaniladigan) va ular (kofirlar) sajda qilishga chorlanishib, (lekin sajdaga) kuchlari yetmay qoladigan Kunni (eslang)!Болдирлар очиладиган (яъни, оғир ҳисоб-китобга чоғланиладиган) ва улар (кофирлар) сажда қилишга чорланишиб, (лекин саждага) кучлари етмай қоладиган Кунни (эсланг)!

565-sahifa · 29-juz · 57-hizb565-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَkunidaкунидаيُكْشَفُshimarilur (ochilur)шимарилур (очилур)عَن-dan-данسَاقٍۢboldirболдирوَيُدْعَوْنَva ular chaqirilurlarва улар чақирилурларإِلَى-ga-гаٱلسُّجُودِsajdaсаждаفَلَاbas, emasбас, эмасيَسْتَطِيعُونَqodir boʻlurlarқодир бўлурлар
TafsirТафсир

Arablarda qiyin holdagi mashaqqatli paytni «boldirlar shimarilgan payt» deb ataladi. Yaʼni, ogʻir holatda qolib, qochib qutulishga uringan odam, halaqit bermasin deb, ishtonini shimarib, boldirini ochib oladi. Qiyomat kuni esa, eng shiddatli kundir. Oʻsha kuni bu dunyoda gʻoʻddayib, gʻurur bilan, molu dunyosi va mansabiga ishonib, oxiratni unutib oʻtganlar sajda qilishga chaqiriladilar. Ammo, azobdan qoʻrqib ular harchand urinsalar ham, sajda qila olmaydilar, xijolat ustiga yana xijolat boʻladilar. Ularning bu holati kelasi oyatda yanada batafsil vasf qilingan: