QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qalam surasi · Oyatсураси · Оят43

خَـٰشِعَةً أَبْصَـٰرُهُمْ تَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌ ۖ وَقَدْ كَانُوا۟ يُدْعَوْنَ إِلَى ٱلسُّجُودِ وَهُمْ سَـٰلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning ko`zlari qo`rqinchga to`la, xorlik o`rab olgan. Va darhaqiqat, ular salomatlik hollarida sajda qilishga chaqirilgan edilar.Уларнинг кўзлари қўрқинчга тўла, хорлик ўраб олган. Ва дарҳақиқат, улар саломатлик ҳолларида сажда қилишга чақирилган эдилар.Alauddin Mansour: Ular (kofirlar) koʻzlari (quyiga) egilgan, xorlik ularni oʻrab-egallab olgan hollarida (sajda qilishga chorlanishib, lekin sajdaga kuchlari yetmay qoladigan Kunni eslang)! (Chunki hayoti dunyodalik paytlarida) ular sogʻ-salomat boʻlgan hollarida sajda qilishga chorlanar edilar (ammo sajdaga qodir boʻla turib undan bosh tortar edilar).Улар (кофирлар) кўзлари (қуйига) эгилган, хорлик уларни ўраб-эгаллаб олган ҳолларида (сажда қилишга чорланишиб, лекин саждага кучлари етмай қоладиган Кунни эсланг)! (Чунки ҳаёти дунёдалик пайтларида) улар соғ-саломат бўлган ҳолларида сажда қилишга чорланар эдилар (аммо саждага қодир бўла туриб ундан бош тортар эдилар).

566-sahifa · 29-juz · 57-hizb566-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
خَـٰشِعَةًqoʻrqinchga toʻlaқўрқинчга тўлаأَبْصَـٰرُهُمْularning koʻzlariуларнинг кўзлариتَرْهَقُهُمْularni oʻrab olurуларни ўраб олурذِلَّةٌۭ ۖxorlikхорликوَقَدْva darhaqiqatва дарҳақиқатكَانُوا۟edilarэдиларيُدْعَوْنَchaqirilganчақирилганإِلَى-ga-гаٱلسُّجُودِsajda qilishсажда қилишوَهُمْholbuki ularҳолбуки уларسَـٰلِمُونَsalomat (sogʻ-omon)саломат (соғ-омон)
TafsirТафсир

Ha, bu dunyoda gʻurur va manmanlikni chetga qoʻyib, vaqtning borida sajda qilib, oxirat xijolatligidan oʻzini saqlashga zamin tayyorlash kerak.