QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qalam surasi · Oyatсураси · Оят44

فَذَرْنِى وَمَن يُكَذِّبُ بِهَـٰذَا ٱلْحَدِيثِ ۖ سَنَسْتَدْرِجُهُم مِّنْ حَيْثُ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu gapni yolg`onga chiqaruvchilarni Mening O`zimga qo`yib qo`y. Biz ularni o`zlari bilmagan tarafdan asta-sekin olamiz.Бу гапни ёлғонга чиқарувчиларни Менинг Ўзимга қўйиб қўй. Биз уларни ўзлари билмаган тарафдан аста-секин оламиз.Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz ushbu Soʻzni — Qurʼonni yolgʻon deydigan kimsalarni Menga qoʻyib bering! Yaqinda Biz ularni oʻzlari bilmaydigan — sezmaydigan tomondan asta-sekin (halokatga duchor qilajakmiz)!Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз ушбу Сўзни — Қуръонни ёлғон дейдиган кимсаларни Менга қўйиб беринг! Яқинда Биз уларни ўзлари билмайдиган — сезмайдиган томондан аста-секин (ҳалокатга дучор қилажакмиз)!

566-sahifa · 29-juz · 57-hizb566-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَذَرْنِىbas, Oʻzimga qoʻyib qoʻyбас, Ўзимга қўйиб қўйوَمَنva kimsaniва кимсаниيُكَذِّبُyolgʻonga chiqaradiganёлғонга чиқарадиганبِهَـٰذَاbuбуٱلْحَدِيثِ ۖgapni (soʻzni)гапни (сўзни)سَنَسْتَدْرِجُهُمularni asta-sekin olurmizуларни аста-секин олурмизمِّنْ-dan-данحَيْثُtarafdan (joydan)тарафдан (жойдан)لَاemasэмасيَعْلَمُونَular bilurlarулар билурлар
TafsirТафсир

Yaʼni, Alloh taoloning dargohi keng, Oʻziga kufr keltirganlarni ham, gunohkorlarni ham tek qoʻyib qoʻyadi. Darhol azoblashga oʻtmaydi, balki asta-sekin azoblaydi. Kishilar esa, oʻz qadrini molu dunyo, mansab bilan oʻlchaydilar. Mening fazlim boʻlmasa, shuncha boyligim boʻlarmidi, shunchalik mansabga koʻtarilarmidim, deb oʻylaydilar. Oxiratni unutadilar. Alloh taolo esa, shoshilmaydi, magʻrur banda har gal gunoh qilganda, uning boyligini yoki mansabini oshirib qoʻyadi. Natijada, bandaning aybi koʻpayib borishiga qaramasdan, oʻzining qayoqqa ketayotganini sezmaydigan boʻlib qoladi va oqibatda oyatda zikr qilingan holatga tushib qoladi.

Ulamolarimiz, asta-sekin olishning bir turi shulki, gunohkor bir gunoh qilganda Alloh taolo uning martabasini bir pogʻona oshirib qoʻyadi va shundoq qilib u oʻzining halokatli holatga duchor boʻlganini sezmay qoladi, deydilar.