QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qalam surasi · Oyatсураси · Оят45

وَأُمْلِى لَهُمْ ۚ إِنَّ كَيْدِى مَتِينٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ularga muhlat beraman. Albatta, Mening hiylam metindir.Ва уларга муҳлат бераман. Албатта, Менинг ҳийлам метиндир.Alauddin Mansour: Men (gunohlarini koʻpaytirishlari uchun) ularga muhlat berib, (umrlarini uzun qilib) qoʻyurman. Darvoqeʼ, Mening «makrim» juda qattiqdir!Мен (гуноҳларини кўпайтиришлари учун) уларга муҳлат бериб, (умрларини узун қилиб) қўюрман. Дарвоқеъ, Менинг «макрим» жуда қаттиқдир!

566-sahifa · 29-juz · 57-hizb566-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأُمْلِىva muhlat beramanва муҳлат бераманلَهُمْ ۚulargaуларгаإِنَّalbattaалбаттаكَيْدِىMening hiylamМенинг ҳийламمَتِينٌmetindir (mustahkamdir)метиндир (мустаҳкамдир)
TafsirТафсир

Yaʼni, ularni bir muhlat qoʻyib qoʻyaman. Umrlarini uzun qilaman, toki gunohlari ziyoda boʻlsin.

«Albatta, Mening hiylam metindir.»

Yaʼni, Mening kofirlardan oʻch olishim kuchli, shiddatlidir.

Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilgan hadisda: «Albatta, Alloh zolimga muhlat beradi. Qachon tutganda esa, u qochib qutula olmaydi», deyilgan.

Ushbu oyatda Alloh taoloning kofir va osiylarni darhol jazolamay, balki yaxshilik qilib tek qoʻyib qoʻyishi «hiyla» deb nomlanmoqda, chunki bu ish hiyla shaklida boʻlmoqda. Shuningdek, bu ishni boshqa joyda «darajama-daraja olish» deb ham nomlangan.

Oʻsha kofir, zolim va osiylarga beriladigan keng rizqlar, uzun umrlar, badan sogʻligi tashqaridan yaxshilik boʻlib koʻrinadi. Ichkaridan esa, balodir. Chunki, asosiy maqsad ularni oʻshalar tufayli iqob va azobga olishdir.