أَمْ تَسْـَٔلُهُمْ أَجْرًا فَهُم مِّن مَّغْرَمٍ مُّثْقَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki sen ulardan haq so`rayapsan-u, ular qarzga botib qoldilarmi?Ёки сен улардан ҳақ сўраяпсан-у, улар қарзга ботиб қолдиларми?Alauddin Mansour: Balki siz (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, dinga daʼvat qilganingiz uchun), ulardan ajr-haq soʻrab, ular ziyon qilishlaridan ogʻirsinayotgandirlar? (Yaʼni, siz ulardan hech qanday haq soʻrayotganingiz yoʻq-ku)!Балки сиз (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, динга даъват қилганингиз учун), улардан ажр-ҳақ сўраб, улар зиён қилишларидан оғирсинаётгандирлар? (Яъни, сиз улардан ҳеч қандай ҳақ сўраётганингиз йўқ-ку)!
Yaʼni, ularning dinni qabul qilmasliklarining sababi nimada? Yoki sen ulardan dinni targʻib qilganing uchun haq toʻlashni talab qilyapsan-u, ular moliyaviy jihatdan qiynalib, qarzga botib qolganlari uchun koʻnmayaptilarmi, deya Paygʻambarimizga xitob qilish orqali Alloh taolo, aslida, mushriklarga itob qilmoqda.