لَّوْلَآ أَن تَدَٰرَكَهُۥ نِعْمَةٌ مِّن رَّبِّهِۦ لَنُبِذَ بِٱلْعَرَآءِ وَهُوَ مَذْمُومٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar uni Robbisining ne'mati topmaganda, ochiq sahro joyga, mazammatga qolgan holda tashlangan bo`lardi.Агар уни Роббисининг неъмати топмаганда, очиқ саҳро жойга, мазамматга қолган ҳолда ташланган бўларди.Alauddin Mansour: Agar unga Parvardigori tomonidan boʻlgan neʼmat-marhamat yetmaganida, albatta quruqlikka mazammatlangan holida uloqtirilgan boʻlur edi, (lekin Parvardigori unga marhamat koʻrsatib baliq qornidan sogʻ-omon chiqardi).Агар унга Парвардигори томонидан бўлган неъмат-марҳамат етмаганида, албатта қуруқликка мазамматланган ҳолида улоқтирилган бўлур эди, (лекин Парвардигори унга марҳамат кўрсатиб балиқ қорнидан соғ-омон чиқарди).
Yaʼni, agar Yunus alayhissalomni Alloh taoloning neʼmati izlab topmaganida, u kishi oʻzlarini yutib yuborgan baliq tomonidan ochiq sahroga, mazammatga qolgan holda tashlangan boʻlar edilar.
Yunus alayhissalomning qissalari boshqa suralarda ham kelgan, ularni umumlashtirib, qisqacha boʻlsa ham, qissani avvalidan eslatib oʻtsak, bu oyatlarni ham toʻliq tushunishga yordam berar.
Lekin Alloh taolo u kishiga rahim koʻrsatdi. Baliq ozor yetkazmay, qornidan qirgʻoqqa chiqarib qoʻydi. Behush yotganlarida ustlarida serbarg oshqovoq soya solib turdi. Alloh taolo u zotni oʻzining solih bandalaridan qildi.
YUNUS ALAYHISSALOM QISSASI
Yunus alayhissalom Alloh taoloning Paygʻambarlaridan birlaridir. U kishini Robbul olamiyn Iroqning Musil viloyati yaqinidagi Naynavo degan joyga Paygʻambar qilib yuborgan. Oʻsha paytda u yerning aholisi turli sanamlarga ibodat qilishar va har xil gunoh ishlar bilan band edilar. Yunus alayhissalom ularni Alloh taologa iymon keltirishga, gunoh ishlarni tark qilishga daʼvat qildilar. Lekin ular bu daʼvatni qubul qilmay, oʻzlarining fisqu fasod ishlarida davom etdilar. Yunus alayhissalom ularni maʼlum muddatdan soʻng Allohning azobi nozil boʻlishidan ogohlantirdilar. Koʻnmaganlaridan soʻng, achchiqlari chiqib, men oʻz vazifamni ado etdim, endi gunohkorlar ichida qolmasligim kerak, degan eʼtiqodga borib, shaharni tashlab chiqib ketdilar. Bu ishni oʻzlaricha, shunisi toʻgʻri, degan fikr-la, Alloh taoloning iznisiz qildilar. Yurib- yurib dengiz sohiliga yetib bordilar. Bir kema joʻnash oldida turgan ekan, uning egalaridan oʻzlarini birga olib ketishlarini soʻragan edilar, ular rozi boʻlib, u kishini kemaga chiqarib oldilar.
Kema dengizga chiqqanda, birdan shamol turib, dovul boshlandi. Toʻlqin kuchlanib, kema gʻarq boʻlishi xavfi tugʻildi. Kemachilar ham, yoʻlovchilar ham qoʻrqib, dahshatga tushdilar. Toʻplanib, maslahat qilishdi. Baʼzilari, ichimizda gunohkor kishi bor, shuning uchun noqulay holga qolmoqdamiz, deyishdi. Maslahat qilib, oxiri qurʼa tashlab, kimning chekiga tushsa, oʻsha odamni qurbonlik uchun dengizga tashlab yuborishga qaror qilishdi. Qurʼa Yunus alayhissalomga chiqdi va u kishini dengizga tashlab yuborishdi. Alloh taoloning amri bilan u kishini ulkan baliq yutib yubordi va hazm qilmasdan qornida olib yurdi. Shunda Yunus alayhissalom xatolarini tushunib, baliqning qornida turib yolborib, zorlanib Alloh taologa duo qildilar.
Alloh taolo duolarini ijobat qilib, baliqqa amr qildi va u Yunus alayhissalomni ozor yetkazmasdan ochiqlik joyga olib chiqib tashladi. Yunus alayhissalomning badanlari baliqning ichida oq yem boʻlgan edi, behush yotib qoldilar. Alloh taolo rahim qilib, oftobdan zarar yetmasligi uchun, u kishining ustlariga soya solib turuvchi serbarg oshqovoqni oʻstirib qoʻydi. Ushbu holatda bir muddat yotib, sogʻayib oʻzlariga keldilar.
Alloh taolo u zotga oʻz qavmlari oldiga borish uchun farmon berdi. Ular Yunus alayhissalom ketib qolgach, azobning boshlanishi zohir boʻlgandan soʻng, xatolarini tushunib, tavba qilishga oʻtgan edilar. Azobni qaytarishni Alloh taolodan soʻrab yolbordilar. Ular yuz mingdan koʻproq kishi edi. Yunus Paygʻambar ular huzuriga qaytib, barchalarini iymonga chaqirdilar. Alloh barchalarini hidoyatga boshladi.
Kelgusi oyatlarda Alloh taolo yana Paygʻambarimiz alayhissalomga xitob qiladi.