فَٱصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ وَلَا تَكُن كَصَاحِبِ ٱلْحُوتِ إِذْ نَادَىٰ وَهُوَ مَكْظُومٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbing hukmiga sabr qil va bir vaqtlar g`amga to`lgan holda nido qilgan baliq sohibiga o`xshama.Роббинг ҳукмига сабр қил ва бир вақтлар ғамга тўлган ҳолда нидо қилган балиқ соҳибига ўхшама.Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz Parvardigoringizning hukmiga (yaʼni, u Zot kofirlarga muhlat berib qoʻyganicha, Islom dini tezroq gʻolib boʻlmayotganiga) sabr qiling va nahang-baliq sohibi (yaʼni, Yunus paygʻambar) kabi (besabr) boʻlmang! Eslang, oʻzi besabrligi uchun tushib qolgan baliq qornida turib gʻamga toʻlgan holda (Parvardigordan panoh tilab) nido qilgan edi.Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз Парвардигорингизнинг ҳукмига (яъни, у Зот кофирларга муҳлат бериб қўйганича, Ислом дини тезроқ ғолиб бўлмаётганига) сабр қилинг ва наҳанг-балиқ соҳиби (яъни, Юнус пайғамбар) каби (бесабр) бўлманг! Эсланг, ўзи бесабрлиги учун тушиб қолган балиқ қорнида туриб ғамга тўлган ҳолда (Парвардигордан паноҳ тилаб) нидо қилган эди.
«Baliq sohibi»dan murod Yunus alayhissalomdir. Ul zot oʻz qavmiga achchiq qilib ularni tashlab chiqib ketganlari, kemada ketayotganlarida qurʼaga tushib, dengizga otilganlari, baliq yutib yuborganda uning qornida turib Alloh taologa yolborganlari haqida boshqa suralardan batafsil maʼlumotlar olganmiz. Bu oyatda esa, Alloh taolo Paygʻambarimiz alayhissalomga sarkash qavmga achchiq qilmay, sabr ila daʼvatni davom ettirmoq kerakligini bayon qilish uchun qisqa eslatma tarzida soʻz yuritmoqda.
Keyingi oyatda Yunus alayhissalomning qissalari bayoni davom etadi.