وَإِن يَكَادُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَيُزْلِقُونَكَ بِأَبْصَـٰرِهِمْ لَمَّا سَمِعُوا۟ ٱلذِّكْرَ وَيَقُولُونَ إِنَّهُۥ لَمَجْنُونٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va kofirlar zikrni eshitayotganlarida seni ko`zlari bilan toydirmoqchi bo`ldilar va, albatta, u jinnidur, derlar.Ва кофирлар зикрни эшитаётганларида сени кўзлари билан тойдирмоқчи бўлдилар ва, албатта, у жиннидур, дерлар.Alauddin Mansour: Albatta kofir boʻlgan kimsalar eslatma — Qurʼonni eshitgan vaqtlarida sizni koʻzlari bilan yiqitayozurlar va (Muhammad) shak-shubhasiz, majnundir, derlar.Албатта кофир бўлган кимсалар эслатма — Қуръонни эшитган вақтларида сизни кўзлари билан йиқитаёзурлар ва (Муҳаммад) шак-шубҳасиз, мажнундир, дерлар.
Ey Paygʻambar! Kofirlar Qurʼonni tinglayotib seni oʻz nazarlari bilan yiqitib yuborishni xohlaydilar. Shu bilan birga, seni jinni ham deydilar.
«Koʻz bilan toydirish»ning ikki xil maʼnosi bor.
Bittasi–adovat va dushmanlik nazari bilan haq yoʻldan toydirish, adashtirish. Kofirlar Paygʻambar alayhissalomga maʼnaviy zarar yetkazishni xohlaganlar.
Ikkinchisi esa–koʻz tekkizish bilan Paygʻambar alayhissalomga jismoniy zarar yetkazish, u kishini yiqitish, halok qilish maʼnosi.
Bu oyatning nozil boʻlish sabablari haqidagi rivoyatlarda, mushriklar Quraysh qabilasida koʻzi bor bir kishini olib kelib, Paygʻambar alayhissalomga yomon koʻz bilan qaratib, zarar yetkazmoqchi boʻlganlar.
Shundoq koʻzli odamlar Bani Asad qabilasida boʻlar ekan.
Agar ulardan birortasi semiz tuyani koʻrganda yomon koʻz bilan qarab qoʻyib, «hoy qiz, idishni olib borib manavining goʻshtidan olib kel», desa, tuya tezda kasal boʻlib yiqilar, egasi uni soʻyib yuborishga majbur boʻlar ekan.
Paygʻambarimiz alayhissalom oʻz hadisi shariflarida: «Koʻz haqdir, u tuyani qozonga, odamni qabrga kiritadi», deganlar.