وَمَا هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ لِّلْعَـٰلَمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Holbuki, u butun olamlarga eslatmadan o`zga narsa emas.Ҳолбуки, у бутун оламларга эслатмадан ўзга нарса эмас.Alauddin Mansour: Holbuki, u (Qurʼon) barcha olamlar uchun faqat bir (buyuk) eslatmadir!Ҳолбуки, у (Қуръон) барча оламлар учун фақат бир (буюк) эслатмадир!
Bir necha marta takrorlab aytganimizdek, bu surai karima Qurʼoni Karimning eng avvalgi suralaridandir. Oʻsha paytda musulmonlar juda ham oz, zaif hol, qoʻllaridan hech narsa kelmay turgan payti edi. Mushriklar esa, quvvatli, hamma imkoniyatlari bor, tezda musulmonlarni yoʻq qilib tashlaymiz, deb turishgan edi.
Shunday paytda Qurʼonni «butun olamlar uchun eslatma» deyishlik faqat Alloh taolo tarafidan boʻlishi mumkin, xolos. Bu, Qurʼonning haqiqiy ilohiy kitob ekanligiga yana bir yorqin dalildir.
Mazkur bashorat Paygʻambar alayhissalomnig vafotlaridan bir necha yillar oʻtib roʻyobga chiqdi. Islom dini dunyoning barcha taraflariga tarqala boshladi va hozir ham tarqalmoqda.