وَدُّوا۟ لَوْ تُدْهِنُ فَيُدْهِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar sen murosa qilsang, ular ham murosa qilishni orzu qiladilar.Агар сен муроса қилсанг, улар ҳам муроса қилишни орзу қиладилар.Alauddin Mansour: Ular sizning (oʻzlariga) koʻngilchanlik — murosa qilishingizni istarlar, shunda ular ham (sizga) koʻngilchanlik qilurlar. (Lekin siz ularning bu istaklariga boʻyinsunmang!)Улар сизнинг (ўзларига) кўнгилчанлик — муроса қилишингизни истарлар, шунда улар ҳам (сизга) кўнгилчанлик қилурлар. (Лекин сиз уларнинг бу истакларига бўйинсунманг!)
Mushriklar Paygʻambarimiz alayhissalomga baʼzi diniy ishlarda xushomadgoʻylikni taklif qilganlar. Misol uchun, «Sen bizning butlarga sigʻinsang, biz ham sening Xudoingga sigʻinamiz. Bizning butlarimizni madh qilsang, biz ham sening Allohingni madh qilamiz!» deb aytganlar. Alloh taolo bu oyatda va boshqa oyatlarda Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bunday murosasozlikka hech-hech bormaslikni taʼkidlagan. Mushriklarning taklifi esa, ularning aqiydalari zaifligiga, oʻz eʼtiqodlarida mustahkam emasliklariga yorqin dalildir.