QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Haqqah surasi · Oyatсураси · Оят10

فَعَصَوْا۟ رَسُولَ رَبِّهِمْ فَأَخَذَهُمْ أَخْذَةً رَّابِيَةً

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ular Robbilarining Rasuliga osiy bo`ldilar. Darhaqiqat, U zot ularni qattiq tutishlik bilan tutdi.Бас, улар Роббиларининг Расулига осий бўлдилар. Дарҳақиқат, У зот уларни қаттиқ тутишлик билан тутди.Alauddin Mansour: Ular Parvardigorlarining Paygʻambariga itoatsizlik qildilar. Bas, U zot ularni ortiqcha qattiq ushlash bilan ushladi (yaʼni, mislsiz qattiq azob bilan azobladi).Улар Парвардигорларининг Пайғамбарига итоатсизлик қилдилар. Бас, У зот уларни ортиқча қаттиқ ушлаш билан ушлади (яъни, мислсиз қаттиқ азоб билан азоблади).

567-sahifa · 29-juz · 57-hizb567-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَعَصَوْا۟bas, osiy boʻldilarбас, осий бўлдиларرَسُولَRasuligaРасулигаرَبِّهِمْRobbilariningРоббиларинингفَأَخَذَهُمْbas, ularni tutdiбас, уларни тутдиأَخْذَةًۭtutishlik bilanтутишлик биланرَّابِيَةًqattiq (ortib tushuvchi)қаттиқ (ортиб тушувчи)
TafsirТафсир

Ularning asosiy xatosi Alloh taoloning Paygʻambariga osiy boʻlib, uning aytganiga yurmaslik edi. Oqibatda Alloh taolo mazkur osiy qavmlarning barchasini qattiq azobga oldi.

Firʼavn–qadimda Misrga hokim boʻlgan podshohlarga beriladigan laqab. Qurʼondagi zikri kelgan Firʼavn esa, Muso Paygʻambar davrlarida oʻtgan podshohdir. U xudolik daʼvosini qilib, koʻplab gunohlarni sodir etgan edi. Alloh taolo Firʼavn va uning qavmini hidoyatga boshlash uchun Muso va Horun alayhissalomlarni Paygʻambar qilib yubordi. Lekin u qavm iymonga kelmadi. Oqibatda Alloh ularni dengizga gʻarq qilib halok etdi. Bu qissa Qurʼoni Karimning koʻpgina suralarida, soʻzning borishiga qarab, turli shakllarda keladi. Hozirgi biz tafsirini oʻrganayotgan «Al-Haaqqoh» surasida esa, nihoyatda qisqa tarzda, boshqalarga qoʻshib eslatib oʻtilayapti. Chunki, arablar oʻsha paytda bu qissalarni yaxshi bilardilar. Ularga bir ogʻiz ishora qilinsa, gap nimada ekanini tushunib olardilar.

Al-Muʼtafikaat–toʻntarilganlardan murod Lut alayhissalom qavmining qishloq-shaharlaridir. Bu qavm ham turli jinoyatlarni qilardi. Jumladan, yoʻltoʻsarlik, xiyonatkorlik, bir-birini gunohga chaqirish va boshqalar. Buning ustiga, ular ulkan gunohni, erkak kishi bilan erkak kishining jinsiy aloqa yoʻli bilan qoʻshilishini dunyoda birinchi boʻlib qoʻllaganlar.

Alloh taolo ularga Lut alayhissalomni Paygʻambar qilib yubordi. Ul zot oʻz qavmlarini Alloh taologa iymon keltirishga chaqirib, yomon ishlardan, shu jumladan, notoʻgʻri jinsiy aloqadan qaytardilar. Lekin osiy qavm bu daʼvatni rad etib, gunoh ishlarni qilishda davom etdi. Ular: «Ey Lut! Agar gaping rost boʻlsa, Allohning azobini keltir!» –dedilar.

Shunda ulardan umidini uzgan Lut alayhissalom Alloh taologa sigʻinib duo qildilar. Duo ijobat boʻlgach, Lut alayhissalomning uylariga uchta yosh, xushroʻy yigit mehmon boʻlib keldi. Qavmning kirdikorlarini yaxshi bilgan Paygʻambar alayhissalom ularni koʻrib xijolat chekdi. Qani endi, mehmonlar tezroq joʻnab ketsa edi, deya xayollaridan oʻtkazdilar. Lekin mehmonlar xotirjam, jim oʻtiraverdilar. Ularni Lut alayhissalom va u kishining xotinlaridan boshqa hech kim koʻrmagandi. Tun choʻkkanda osiy qavm hovliqib yetib keldi. Lut alayhissalom, bularga kim xabar yetkazdi ekan, deb xayollaridan oʻtkazdilar. Qarasalar, xotinlari joyida yoʻq. Demak, xabarni u yetkazgan.

Lut alayhissalom oʻz qavmining yoʻlini toʻsib: «Axir, ayollar turibdi-ku, Xudodan qoʻrqinglar, meni mehmonlarim oldida sharmanda qilmanglar, sizlarning ichingizda aqllirogʻingiz bormi, oʻzi», dedilar.

Ular boʻlsa, ayollarga qiziqmasligimizni oʻzing bilasan, nimani xohlashimizni ham bilib turibsan, deb yosh, xushroʻy mehmon yigitlar bilan fohisha ish qilish uchun kelganlarini taʼkidladilar.

Lut alayhissalom qattiq nadomatlar chekdilar, qani endi, sizlarga kuchim yetsa edi yoki mustahkamroq joyga berkinib olganimda edi, dedilar. U kishi ana shunday noilojlikda, nima qilishini bilmay turganlarida, mehmon yigitlar oʻrinlaridan turdilar va Lut Paygʻambarga qarab: «Ey Lut! Biz Robbingning farishtalarimiz, anavilar senga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar», deyishdi.

Birdaniga eshik parchalanib, uy ichiga qattiq shamol kirdi. Jabroil farishta qoʻllari bilan shoshilinch ishora qildilar, qavmning koʻzlari koʻr boʻldi. Bir-birlarini urib-yiqitib uydan qochib chiqa boshladilar.

Farishtalar Lut alayhissalomga kechasi oʻz ahli bilan bu yerdan tezda chiqib ketishni buyurdilar. Qattiq, shiddatli ovoz eshitsalar ham orqaga qaramaslikka undadilar. Kim agar orqaga qarasa, azobga duchor boʻlishligini taʼkidladilar. Lut alayhissalomning xotinlari ham, xiyonat qilib sirni ochganligi uchun, azobga duchor boʻlishini aytdilar. Erta tongda Jabroil farishta qanotlari bilan Lut qavmi istiqomat qilayotgan barcha yetti shaharni osmonga koʻtarib, soʻng toʻntarib tashlab yubordilar. Jinoyatkor qavm bitta ham qolmay halok boʻldi. Ularning diyorlari toʻntarilib, shoʻr suvli koʻlga aylandi. Ulamolarning naql qilishlaricha, hozirgi «Oʻlik dengiz» Lut qavmi yashagan diyor oʻrnida paydo boʻlgan.

Ha, Alloh taoloning amrini inkor qilish, gunoh ishlarni sodir etishning oqibati shunday boʻladi. Aqllilar bundan ibrat olishlari shart. Shuning uchun ham, bu qissalar Qurʼonda zikr qilinadi.